Muhammad (s-a) va uning oilasiga marhamat yuborish duosi

Muhammad (s-a)ning borliqlarini bizga ni`mat asosida marhamat qilgan xudoga hamdu sanolar bo`lsin, xudoning rahmati ul zot va u kishining xonadoniga bo`lsin.

Utgan ummatlar mahrum bo`lgan bu ni`matni, har narsa, har qancha katta  bo`lsadaham uni ojiz qoldirmaydigan va har narsa qanchalik zarif va mayday bo`lsadaham uning nazoratidan pinhon qolmaydigan yuksak qudrat va hayratda qoladigan holda bizga ato etdi. Shu jihatidan bizlarni jahonning oxirinchi ummati qilib tayinladi va uni inkor etuvchilar uchun guvoh va dinining hujjati qilib quydi. Bu ni`mati bois aqalliyatda bo`lgan (ummatni) sanoqini ko`paytirdi va ko`p xalqdan (musalmon ummatidan boshqa ummatlar) tashkil topgan odamlarga ghalaba qozontirdi.

Ollohim: vahying amini, maxluqoting ichidan tanlangan do`sting, rahmat va yaxshiliking yo`lboshchisi, barakating kalidi Muhammad (s-a) ga o`z rahmatingni yo`llagin.

U sening dasturingni bajarish uchun o`zini mashaqqat va qiyinchiliklarga qo`yib shu yulda balolar nayzasini o`z tanasiga marham ko`rdi. Dinni da`vat qilish yulida o`z qarindoshlari bilan qarama- qarshi bo`ldi, o`z qabilasi bilan sening rizoyating uchun kurashdi, dinni yuksatish uchun o`z yaqinlari bilan aloqasini uzdi va o`ziga eng yaqin bo`lgan qarindoshlarini botil aqidalari uchun o`zidan yiroqlashtirdi va unga nisbatan uzoqroq bo`lgan kishilarni seni da`vatingni qabul qilganlari uchun ularga o`z baghrini ochib berib do`stlashdi, sening yulingda o`z yaqinlari bilan dushman bo`ldi. Sening risolatingni tabligh qilish yulida o`zini qiyin ahvolga soldi va sening diningni da`vat qilish ruparasida qiyinchiliklarga duchor bo`lib badargha bo`ldi, o`zini sening pand- nasihat qilishlikga buyurdan ma`muriyatinga mashghul qilib o`zini tughilib, unib usgan mehr quygan vatanidan gharib (Madina) shaharga hijrat qildi.

Bu hijrat sening diningni kuchayishi va kufr ahliga ghalaba qozonishni qulga kiritish maqsadida edi va mu`min va barodarlar foydasiga ko`zlagan ishi muhaqqaq qildi.

Bulardan so`ng sendan yordam surab kuchsizlik choghida sendan yordam olib dushmanlaring bialn kurashga kirishdi. Bu hujum dushmanlaringni diyorlari ichida va hatto uylari ichida davom etdi. Mushrikalrning istaklariga qarshi bo`lsadaham oxir oqibatda sening farmonig oshkor bo`lib dining kuchaydi.

Ollohim: sening diningni yuksalihsi ro`parasida o`zini dardu- ranjga qo`yib tahammul qilgani uchun unga behishtni yuqori daraja urinini ato etginki hech kim bu maqomga erishmagan bo`lsin va hech shaxs  va farishta u bilan bu maqomda sharik bo`lmasin. Uning xonadoni va ummatining ma`lum bir guruh mu`minlarining shafoat qilishliklarini va`da berganingdan ortiqroqini unga ko`rsatgin.

Ey va`dasiga amal qilib aytgan so`ziga vafo qiluvchi jot (ollohim).

Ey yomonliklarni necha barobar yaxshilikga o`giruvchi jot (ollohim).

Haqiqatdan ham sen fazilat sohibi va yuksak rahmat sohibisan.