Arshning homilari va farishtalarga marhamat yo`llash.

Ey xudo: seninng arshingni o`z yelkasida tortib yurgan farishtalarga marhamating bo`lsin. Ular senga tasbih aytishlikda sustlik qilmaydilar va olqishlashda hech vaqt charchoq va norohatlikni his qilmaydilar, senga ibodat qilishlikdan charchamaydilar va sening buyruqlaringni bajarishlikda sustlik qilmaydilar, senga muhabbat yo`llashdan ghaflatni ravo ko`rmaydilar.

Surnay sohibi Isrofil farishtaga marhamating bo`lsin: u sening dasturlaringni bajarishlik uchun farmoningni intizorlik bilan kutayotir. Unga farmon berganingdayoq, sunray chalib, qabrda uzoq ulim uyqusiga borganlarni uyghotadi.

Mikoil farishtaga marhamating bo`lsin u sening dargohingda yo`qori maqomli va itoatinda manzilatlidir.

Jabroli farishtaga marhamatning bo`lsin: u sening vahyinga ishonchli shaxs va osmon ahli undan farmon oladilar, sening dargohingda yaqin va baland martabali farishtadir.

Ruh farishtangga marhamating bo`lsin: u senig farmoningni farishtalarga yetkazadi va unga marhamating bo`lsinkim sening amring bilandir. Shunday qilib ularning hammalariga marhamating bo`lsin va ulardan pastroqda, osmonlarda joy olgan sening rosgu va ishonchli farishtalaringga ham marhamating bo`lsin.

Sening farmoningni charchamasdan, malolsiz, sustlik qilmay bajarayotganlarga marhamating bo`lsin, ularning havo- havasi senga tasbih aytishlikdan oldini ololmaydi.

Ghaflatda qolishlik va oson ko`rishlik seni buyuklashlarining oldini ola olmaydi. Sening azamat va jalolingni ko`rishlikda ko`z yummay betoqat bo`ladilar, ruparangda boshlarini egib va dargohingdan istaklari juda ko`p, ne`matlaringning shukrini aytishga mushtoqdirlar sening ulughvorlik va buyukliging ro`parasida bel boghlab, tiz cho`kadilar.

Jahannamdagi gunohkorlarni qamrab olgan alanganing ovozini eshitayotganlar shunday deydilar: ey xudo pokdirsan va bizlar sening itoatingni qilmadik. Shuningdek ularga va dargohingda senga yaqin bo`lgan farishtalarga marhamating bo`lsin. Sening ghaybdagi xabarlaringni payghambarlaringa yetkaruvchilarga va sening vahiy amonatdorlaringga marhamating bo`lsin. Senga qarashli va ixtisoslashgan xilma- xil farishtalaringga , sening ishqingda mast bo`lgan va yeb- ichishidan niyozsiz va uning o`rniga tasbih aytishlik bilan mashghul bo`lganlarga va osmonning har burchaklarida ularga joy berding va sening va`dangni ya`ni qiyomat kunini intizorlik bilan kutayotganlarga marhamating bo`lsin.

Yomghirlarning xazonadorchilariga va bulutlarni harakotga keltiruvchilarda marhamating bo`lsin. Farishtalaring ovozi orqali chaqmoq chaqishi quloqga eshitilib, bulutlar u orqali vujudga keladilar, chaqmoqli bulutlarni ko`paytiradiganlarga marhamating bo`lsin. Qor bialn birga nozil bo`ladigan va yomghir tomchilarini birgasiga kuzatayotgan farishtalaringga marhamating bo`lsin.

Shamollarning xazinadorchilariga va toghlar bir- biridan ajralib to`kilmasligi uchun farmoningni bajarayotgan farishtalaringga va suvlarni ulchab, kuchli yomghirlarni chaqmoqga aylantirishni to`ghrisida ularni ogohlantirding, ularga marhamating bo`lsin.

Yerdagi balolarning oldini olishlik uchun yo`boriladigan farishtalaringga yoki yerdagilarning dilxohlariga yarash ne`mat olib keladiganlarga, amallarni yozuvchi buyuk va ulughvorlaringga marhamating bo`lsin. Ulim farishtasi, yordamchilariga va Munkar, Nakir, Rumon bandalarni qabrda sinovchi farishtalarga va baytulma`murning atrofida tavof qilayotgan farishtalarga va Molik jahannamning qoravullariga va behisht kalitdorlari va quruqlovchilariga va xuodoning farmonlariga bo`yin eggan farishtalarga, shak- shubhasiz sendan itoat etadiganlarga marhamating bo`lsin. Behishtdagi insonlarga shunday [farishtalarga :xudoning marhamati sizlarga bo`lsin, dunyoda sabirga chidamli edilaringiz, sizlarning dunyodagi natijalaringiz juda zibo] deydiganlarga, marhamating bo`lsin jahannam otashbonlariga marhamating bo`lsin, agar ularga shunday buyruq berilsa: falon gunahkorni olib, zanjirga tortib so`gn duzzaxt oloviga tashlanglar, ular uylamasdan tezlik bilan buyruqni bajaradilar. Maqom va darajasi bajaradigan ishni bilmay va bu yerda aytib o`tilmagan farishtalarga marhamating bo`lsin.

Havo, suv va yerda turadigan va xalq uchun tayinlangan farishtalariga marhamating bo`lsin.

Shunday qilib, ularning hammalariga marhamating bo`lsin va o`sha kuni dunyoga keladiganlargakim, ualr bilan guvohlik border.

Cheksiz va pok marhamating ular uchun yo`llasang, bizlar uchun ham marhamat yuborgin va tavba qilishlik uchun bizlarga tuliq sabr bergin, o`z rahmatingdan bahramand qilgin, shuningdek sen buyuk va kechirguvchisan.