Payghambardan ergashuvchilar va unga iymon keltiruvchilarga marhamat yo`llash

Ollohim: payghambardan ergashuvchilarga, ularni ko`rmay turib qalblari guvohligida iymon keltirib va xudoning dalillarini tasdiqlaganlarga marhamatingni bo`lsin.

Din dushmanlari ularning bosh ustida turib, qarshilik qilgan paytlarida haqiqatga bo`lgan iymonlari ularni o`zi tomon rom etdi.

Ollohim: har asr va zamonda, usha asr va zamondagilarni to`ghri yo`lga yetaklash uchun payghambar yubording. Odam (a-s)dan boshlab oxirgi payghambar Muhammad (s-a)gacha xalqni hidoyatga boshqarishlik uchun yubording va olamning taqvoli sohiblari murabbiylar, muallimlarga va ularning hammalariga marhamating bo`lsin.

Ollohim: ularning barchasini kechir va o`z lutfu- marhamating bilan rizoyatinga olgin.

Ollohim: maxsusan Muhammad (s-a) ning yoronlariga marhamating bo`lsin, ular o`z vazifalarini a`lo darajada bajardilar va uni qullab quvvatlab, yordam berdilar va o`z himoyalariga oldilar, hech vaqt tanho qoldirmadilar va da`vatini qabul qilishda bir- birlaridan o`tar va risolariga dalillar keltirib ularning quloqlariga yetkazgan paytida uylamasda qabul qildilar va da`vatini oshkor qilishlik uchun ayol va farzandlaridan uzoqlashdilar va nabiylikini isbot qilishlik yo`lida ota- onalari bilan nabardda (kurashda) edilar va u kishining vujudlari barakati bilan dushmanlarni yengdilar. Unin oshiqi va dilbari bo`lganlar, do`sligini foydali tijorat va hech vaqt so`nmaydigan bo`lishini orzu qilardilar. Uning (Muhammad s-a ) do`stligini qabul qilganlar farmoniga itoat qilib, oilalari va qabilalari ularni tark etib, begona deb bilishardilar.

Ollohim: sen uchun va sening yulingda qo`llarida berib, baghishlagan har narsalarini unitma! Ularni o`z nazaringdan uzoqlashtirma, xalqni jamlab vahdat dinini baghishlab, payghambaring bilan dinga da`vat qilishlikga kirishganliklari uchun ularni o`z xursandchiliging bilan shod qilgin. Ular sening yo`lingda o`z shahr diyorlari va faroghatli hayotlaridan ko`z yumib, qiynalib yashashga tan berdilar, ularga o`z rahmatingdan ber!

Ey parvardigorim! Eng yaxshi hadiyangni (sahobalardan) dan ergashuvchi, solih amalli va iymonlilarga ber. Shunday diyuvchilar: [ey parvardigor! Bizlarni va iymonda bizlardan ustun turadigan barodarlarimizni kechirgin!] ga eng yaxshi ajr va hadiyalaringni ber. Ular sahoba tomon yuz burib, ulardan ergashganlar va o`sha tomon qadam bosganlar, ashobing hidoyat nishonalariga iqtido qilib, xotiralarida also shak to`ghilmagan va qalblarida shubha uyghonishiga yo`l qo`ymaganlar. Ularning yor va madadkorlari bo`lib, dinlaridan ergashar edilar va yurgan yo`llaridan qadam bosib payghambardan o`rgangan har narsani ularga o`rgatsalar muttaham qilmasdilar.

Ey parvardigorim! Ushbu kundan boshlab qiyomat kunigacha ashobdan ergashuvchilarga marhamating bo`lsin ularning ayol va farzandlariga, har kim sening farmoningni qabul qilganlarga marhamating bo`lsin. Marhamating ularni gunohdan saqlab, behishtni baghishlab va shayton fitnasidan saqlasin. Xayirli ishlarni bajarishlikda sendan yordam talab qilganlariga madadkorlari bo`l. ularni har qanday balo va qazolardan saqlagin.

Senga rahmat va marhamat aytishlik yo`lida ularni uyghotgin va umid ko`zlari faqatgina sendan bo`lib, bandasining qo`liga qarab qolishlikdan saqlagin.

Ollohim! Shunday qilginki, senig tomon raghbatlanib, faqat sendangina qo`rqishsinlar va ularni dunyoning osoyish va faroghatlari bilan uxlamasdan, balki oxiratlari uchun yaxshi amallarni bajarib va o`limdan keyingi bosqichlarda o`tishliklari uchun muhabbatlarini qozontirgin. Umri tugab, ruhi chiqayotgan kunda har qanday gham va qiyinchiliklarni ular uchun oson qilgin. Fitnani uyushtiradigan har narsa va jahannamning kuchli azobli alangasi va unda uzoq muddatda qolishlikda ularga sabr bergin, parhizkorlar orasida rohat va osoyishli joy bergin.