Imom

Ahli baytdan ergashuvchilarning ishonch asoslaridan biri imomat masalasidir. Yuqorida yatib o’tilgan nubuvat bahsidan ma’lum bo’ladiki, imomatning din va jamiyat uchun zarur bo’lishi payghambar bolishi singari zarur. Imom va o’rinbosari – payghambarga o’xshash  dinni saqlab qoluvchi va bayon etuvchi sifatida xudo tomonidan tayinlanishi kerak! Payghambardan so’ng xudo hukmlarini bayon qilish uchun imom tayin qilish insonlar fikridan olisdadir. Shu matlablar uchun dalil-guvohlar ko`pdir. bularning ba’zilari ga to`xtalib  o’tamiz:

1.     O’tgan matlablarda ishora qilindi. Imomat darajasi nabiylik darajasiga o’xshash. Shuningdek nabiyni xudo tomonidan yuborilishi zarurligiga dalolat qilgan barcha dalilar, imomat bahsi uchun ham dalil bo’la oladi. Xulosa qilib aytganda: imomat bahsi o’sha dalillar bilan isbotlanadi.

2.     Imomning borligi, din, qur’on va ummat uchun juda bir dolzarb mas`ala bo`lib hisoblangan holda har qanday mafsadadan yiroqdadir. Shuningdek xudoning lutf- adolatiga asoslanib imomni ta’yinlashi lozimdir! Bundan ko’z yumishlik din va insonlarning masalasi, payghambar hazratlarining mashaqqatlarini poymol qilishlik bilan barobar! Bu ghoya uchun nuqsonlikdir! Xudoing gharaz ghoyasida nuqsonlik yo’q, amrimahol bo`lib hisoblanadi!...

3.     O’tgan bahslardan ma’lum bo’ldiki, Imom- ma’sum inson fazilatlariga ega va   butunlay past sifatlardan yiroqda bo`lib hisoblanadi.Imom Ummatining barcha ehtiyojlaridan ogoh, barcha shak- shubhalarni yechishlikka qodir bo’lmoghi lozim. Chunki bu mas`alaning barchasi ma’naviydir. Xudodan o’zga ushbu mas`alalarni bilishlikda    ojizdir. Shuning uchun imom, o’rinbosari insonlar tomonidan tayinlanishligi mumkin emas an`om surasining 124chi oyatida buyuradi:

اللّهُ أَعْلَمُ حَيْثُ يَجْعَلُ رِسَالَتَهُ  

qasas surasining 68 oyatida buyuradi:

 رَبُّكَ يَخْلُقُ مَا يَشَاءُ وَيَخْتَارُ مَا كَانَ لَهُمُ الْخِيَرَةُ

ya`ni:sening parvardigoring istagan narsasini yaratadi va istagan kishisini tayinlaydi bu ishlarda ularning (insonlarning) ixtiyorlari yuq.

Shuning uchun, imom va o’rinbosarini tayinlanishlik xudoning ishlaridan biri bo`lib hisoblanadi.Ushbu amr Insonlarning zimmasidan yiroqda.

 Biz, shialar shunga asoslangan holda xudoning buyrughi orqali payghambarimiz tomonidan o’n ikki (12) ma’sum imomni tayinlanishligiga ishonamiz. Payghambarimiz ularning ism va nasl- nasablarini insonlarga tanitganlar.

Birinchi imom

Payghambar insonlarni o’z diniga da`vat qilishi uchun tashkil qilgan birinchi yighilishdayoq o’zidan keyingi o’rinbosarini xalqqa tanitdi. U kishi Qur’onning shuaro surasining 214- oyti وَأَنذِرْ عَشِيرَتَكَ الْأَقْرَبِين  nozil bo’lgunga qadar uch yil mobaynida o’z diniga insonlarni maxfiy davat qildi. Bu oyat nozil bo’lganidan so’ng u kishi o’z yaqinlaridan – 40ga yaqin – qarindoshlarini, uyiga mehmonchilikka chaqirdi. Ovqat tanovul qilingandan so’ng payghambar ularga qarata dedi:

Ey Abdu Muttalib farzandlari! Xudoga qasamyod qilib aytamanki, arablar qabilasidan, hech bir o’ghlon, men olib kelgan narsamdan yaxshiroghini o’z qabilasi uchun olib  kelmagan. Men,  dunyo va oxiratingiz uchun muhim bo`lgan xudoning dinini olib keldim. Xudo menga, sizlarni o’z diniga davat qilishlikni buyurdi. Sizlardan qay biringiz meni barodar, o’rinbosar sifatida, ushbu yuksak ishda yordam berasizlar?

Majlisda bo’lganlarning barchasi, shovqin- suron qilishdi.Hazrat  Ali ularning ichida yosh bo’lishiga qaramay, u kishiga qarata dedi:

Ey xudoning elchisi! Bu yuksak ishda men senga yordam beraman.

Payghambar(s-a) Ali (a-s) ning yelkasiga qo`lini quyib ularga qarata dedi:

إن هذا أخی و وصیی و خلیفتی فیکم فاسمعوا له و أطیعوه

ya`ni: sizlarning ichingizda, Ali, mening o’rinbosarimdir undan itoat qilingiz!

Jamiyat kulib, masxara qilgan holda o’rinlaridan turib Abu Tolib (Abdu Mannof)ga qarata “Muhammad sening o’ghlingdan itoat qilishga buyuradi! Undan itoat qil” dedilar.

Bu hadisni Ahli sunna val Jamoa olimlari, jumladan:

1.     Ibni Jarir

2.     Ibni Abi Hotam

3.     Ibni Mardivay

4.     Abu Naim

5.     Bayhaqiy

6.     Sa’labiy

7.     Tabariy

8.     Ibni Asir

9.   Abul Fado va boshqaral naql qilganlar.( almurojiot va ihqoqul haq kitobining 4-jildiga murojiat qilishingiz mumkin)

Bu hadisdan qo’yidagi ma’lumotlar yaqqol namoyon bo’ladi:

1.     Nabiylikka da’vat qilish, imomat birgaligida bo’lgan.

2.     Payghambarning nabiylik va uni qabul qilishlikka bo’lgan -  e’tibori, imomatga ham bo’lgan.  

3.     Islomning asosiy maqsadi, – nabiylik va imomatni birga qabul qilish. Shu bois, imomatsiz nabiylikni qabul qilish islom maqsadidan yiroqdir!  

Bu voqeadan so’ng, payghambar, hazrat Alining imomat unvonini , munosib fursatlardan foydalangan holda  xalqga yetkazar edi.

Ko’p oyatlar ham bu to’ghrisida nozil bo’lgan. Payghambar hijrat yilining 10- da Makka shahriga musharraf bo’ldi. “Hajjatul Vido” deb nomlangan oxirgi Haj amallarini bajardi. Tarixchilar so’ziga qaraganda, bu safarda payghambar bilan birga bo’lgan kishilar 120.000 deb taxminlangan.

Ghadiri Xum voqeasidan xulosa:

Haj marosimidan so’ng, payghambar Madina shahri tomon safarga otlandi. “Ghadiri Xum” degan makonga yaqinlashganida, xudo tomonidan Jabroil (farishta), to’xtashlik farmonini u kishiga yetkazdi. Payghambar ham o’z atrofidagilariga korvonlarni to’xtashini buyurdi. Korvonda bo’lgan kishilar, bunday bemahal to’satdan to’xtashlikdan hayratda qolib dedilar: Xudo tomonidan muhim farmon kelgan bo’lsa kerak! Shu vaqtda,   xudo, moida surasining 67- oyatini

يَا أَيُّهَا الرَّسُولُ بَلِّغْ مَا أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ وَإِن لَّمْ تَفْعَلْ فَمَا بَلَّغْتَ رِسَالَتَهُ وَاللّهُ يَعْصِمُكَ مِنَ النَّاسِ إِنَّ اللّهَ لاَ يَهْدِي الْقَوْمَ الْكَافِرِينَ

   nozil qildi, ya`ni ey payghombar: parvardigoring tomonidan yuboirlgan narsani butkunlay xalqga yetkazgin agar bu ishni bajarmasang uni risolatini bajarmagan bo`lasan, xudo seni  odamlarning (ehtimoli bor bo`lgan xatarlaridan) saqlaydi va xudo kofirlar jamiyatini hidoyat qilmaydi. Muazzin odamlarni nomozga chaqirdi,pedshin namozi o’qilgandan so’ng, u kishi tuyalar ustiga tashlagichlardan tayorlangan minbar usida turib xalqni xudoning xabarini eshitishga chaqirdi. 

Xudoning ne’matlarini yodga olib shukronalar keltirgandan so’ng, musulmonlarga qarata: Men shu yaqin orada sizlar bilan vidolashaman,ham men  mas’ulman, ham sizlar. … endi o’zlaringizga bir nazar solinglar bu ikki arziydigan narsani orangizda qoldiraman, qani nima qilasiz. Jamiyat orasidan bir kishi turib bu ikki narsa nimaligini so’radi.

 Payghambarimiz: Bu ikki narsaning biri Xudoning kitobi bir tomoni xudoda, ikkinchi tomoni qo’llaringizda boghliq! Undan yuz o’girmasalaringiz, gumroh bo’lmaysizlar Ikkinchisi esa  ulugh yodigorim xonadonimdir. Xudo, bu ikkalasi hech qachon bir- biridan ajralmay jannatda meni oldimga kelishini xabar berdi. Bu ikkala narsadan oldinroq yo orqaroq yurmanglarki, halokatga uchraysizlar.

Usha on odamlar u kishini atroflarida nimanidir qidirayotgandeklarini angladilar. To’satdan ko’zlari hazrat Aliga tushdi va xamayib uning qo’llaridan olib yuqoriga ko’tardilar. Atrofdagi musulmonlar hazrat Alini tanishdi bu yerda payghambarimiz baland tovushi bilan so`zlarini davom ettirar ekan, dedi:Insonlarning qaysi biri musulmonlarga rahbar bo`lishlik uchun loyiqroq? Deb so’raganida musulmonlar:Xudo va uning elchisidan o’zga hech kim bilmaydi,-deb javob berdilar.

 Payghambar:Xudo mening rahbarim va men mo’minlarning rahbari bo`laman.

فمن کنت مولاه فهذا علی مولاه

ya`ni: Men har kimning rahbari bo’lsam,hazrat Ali uning rahbaridir! Bu so’zlarini uch- to’rt marotaba takrorlab qo`yidagi so`zlar bilan duo qildilar :

اللهمّ وال من والاه وعاد من عاداه واحب من احبه وابغض من ابغضه ه وانصر من نصره واخذل من خذله وادر الحق معه حيث ما دار

 Ya`ni; Parvardigorim, do’stlarini do’st tut, dushmanlarini dushman. Har kim u bilan do’st bo’lsa, sen ham u bilan do’st bo’l, har kim u bilan dushman bo’lsa, sen ham u bilan dushman bo’l. Yordamchilariga yordam ber, yordam bermaganlariga yordam berma. Haqiqatni doimo u bilan hamroh qil, uni haqiqatdan ajratma.

U kishining xutbalari bitgach, moida surasining 3- oyati nozil bo’ldi:

الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الإِسْلاَمَ دِينا

ya`ni bu kun dinlaringizni komil qildim va o`z ne`matimni tamom qilib islomni din sifatida sizlar uchun (tanlaganinmdan) rozi bo`ldim.

Shu on jamiyat ichida shov- shuv ko’tarildi. Bor jamiyat bu ulugh unvon bilan Ali(a-s) tabrikladilar. Jumaladan Abu Bakr va Umar jamiyat ichidan hazrat Aliga qarata:

بخ بخ لک یاابن ابی طالب اصبحت وامسيت مولای ومولی كل مؤمن و مؤمنة

Ya`ni;Marhabo, marhabo! Ey Abu Tolib o’ghli(hazrat) Ali! Sen men va barcha erkak-ayollar rahbar bo’lding.
Ghadir hodisining xulosasi shulardan iborat:

Shia olimlaridan bo’lak, ahli sunnatning ko`pgina donishmandlari ham bu hadisni o’z asarlarida keltirganlar.

Jumladan:

  1. hofiz abu said sejestoniy
  2. bul hasan vohidiy nishoburiy
  3. abu naim isfahoniy
  4. Ibni Asokir shofiiy
  5. Faxfi Roziy
  6. Ibni Sabbogh molikiy
  7. Jaloliddin Siyutiy
  8. badriddin hanafiy
  9. Shayx Muhammad abduhMisriy va boshqalar.(alloma majlisining alghadir kitobiga murojiat qilinglar)

Buni aytish lozimki: ahli  sunnatning bu donishmandlari ghadir hadisini naql qilganlar ammo o`z maqom va mansab sharoitlaridan qo’rganlari sabab yo kam diqqatli bo’lganliklari uchun yo taassublari tufayli bu hadis to’ghrisida ko’p to’xtalib o`tishmaganlar. Bu hadisga kam diqqat bergan bo’lsalar ham, boshqa hadislar ular uchun hujjat hisoblanadi.Hazrat Ali va boshqa imomlar to’ghrisida naql qilingan hadislar ko’pligi va ba’zan mutavotirligi tufayli ularga diqqatsizlik yo kam diqqatlik, insofsizlik hisoblanadi.

anfol surasining 42-oyati

لِّيَهْلِكَ مَنْ هَلَكَ عَن بَيِّنَةٍ وَيَحْيَى مَنْ حَيَّ عَن بَيِّنَةٍ

 Imomlarning muborak ismlari qo’yidagicha:

1        Abu tolib o’ghli, Ali (a-s). 

2        Ali(a-s) o’ghli, Hasan (a-s).

3        Ali o’ghli, Husayn (a-s).

4        Husayn (a-s)  o’ghli, Ali (a-s).

5        Ali(a-s) o’ghli, Muhammad (a-s).

6        Muhammad (a-s) o’ghli, Ja’far (a-s).

7        Ja’far (a-s) o’ghli, Muso (a-s).

8        Muso (a-s) o’ghli, Ali (a-s).

9        Ali (a-s) o’ghli, Muhammad (a-s).

10    Muhammad (a-s) o’ghli, Ali (a-s).

11    Ali (a-s) o’ghli, Hasan (a-s).

12    Hasan (a-s) o’ghli, Muhammad(a-s).

(bu imomning ismlarini aytishlik hadislarda man’ qilingan. Shu bois shialar u kishiga Mahdiy deyishadi.)

O`n ikkinchi imom hozirgi kunlarga qadar – insonlar orasida – ko’zdan yiroq holatida yashaydi. Xudoning amri bilan, dunyo zulm- gumrohlikka to’lganida, ko’zlarga namoyon bo’lib, insonlar orasida adolat qonuniga asoslanib  hukumat qiladi.

Biz shialar, payghambarning yagona qizlari bo’lmish hazrat Fotima(xudoning rahmati unga va oilasiga bo`lsin)ni, imomlik va o’rinbosarlik markazi deb bilamiz. Bu kishi, ikki olam ayollari sarvari. Har bir zamona ahli uchun ulgu va namunadir. Boshqacha qilib aytganda,ul bu hazrat ma’sumlarning biri bo’lgani uchun, uning so’zi, ishi va ma’qullashi hujjat hisoblanadi. U kishining roziligi, xudo va payghambarining roziligi, ghazabi esa ghazablaridir. Yuqorida sanab o’tgan 13 kishi, payghambarimizning xonadoni hisoblanadilar. Payghambar, bir necha marotaba, ularni qur’ondan ayrilmasliklarini uqtirib o’tgan. Jumladan:

قال رسول الله صلی الله علیه و آله و سلم: انی مخلف فیکم الثقلین کتاب الله و عترتی اهل بیتی لن تضلوا ما ان تمسکتم بهما 

Ya`nu;men, sizlar oralaringizda ikki qimmatbaho narsani qoldirib borayotirman.Biri Xudoning kitobi va o’z xonadonim. Har dam bulardan ergashsangiz, gumroh bo’lmaysizlar.

Xudo, payghambari orqali, ikki oghir mas’uliyatni imomlar bo’yniga yuklagan:

insonlarning rahbar- yo’lboshchisi sifatida ularni qur’on va payghambar sunnatlarida bo’lgan axloq, din va dunyo qonunlari bilan tanishtirish.

siyosiy rahbar sifatida Islom hukumatining hukmlari, qonunlarini jamiyat ichida ijro qilish.

Mahdiy hazratlari to’ghrisida yighilgan hadislar

Bu yerda, biz musulmonlar (shia va ahki sunnat) tomonidan Mahdiy (a-s) to’ghrisida keltirilgan hadislar mundarijasini eslatib o’tishni munosib deb bildik.

1    Hadislarda aytilishicha, imomlar soni 12 bo’lib, birinchisi hazrat Ali (a-s)va oxirgisi hazrat Mahdiydir (a-s). Bu mavzuda 91ta hadis keltirilgan.

2    Hazrat Mahdiy (a-s), payghambar xonadonidan. Bu mavzuda 398 ta hadis keltirilgan.

3        Hazrat Mahdiy(a-s)ni Hazrat Ali(a-s) farzandlaridan deb bilgan hadislar. Bu mavzuda 214 ta hadis keltirilgan.

4        Hazrat Mahdiy(a-s)ni Hazrat Fotima(a-s) farzandlaridan deb tanilgan hadislar. Bu mavzuda 192 ta hadis keltirilgan.

5    Hazrat Mahdiy(a-s)ni, Hazrat Ali(a-s) o’ghli Hazrat Husayn(a-s)ning 9- farzandi deb bilgan hadislar. Bu mavzuda 148 ta hadis keltirilgan.

6        Hazrat Mahdiy(a-s)ni Hazrat Husayn(a-s) farzandi Hazrat Ali(a-s) ning farzandlaridan deb bilgan hadislar. Bu mavzuda 185 ta hadis keltirilgan.

7        Hazrat Maydiy(a-s)ni, Hazrat Ali(a-s) o’ghlisi Hazrat Hasan(a-s),ning o’ghli deb bilgan hadislar. Bu mavzuda 148 ta hadis keltirilgan.

8    Hazrat Mahdiy(a-s)ni 12- va oxirgi imom deb bilgan hadislar. Bu mavzuda 136 ta hadis keltirilgan.

9    Hazrat Mahdiy(a-s)ni tughilgan deb bilgan hadislar. Bu mavzuda 214 ta hadis keltirilgan.

10    Hazrat Mahdiy(a-s)ning umri juda uzayishi haqida xabar bergan hadislar. Bu mavzuda 318 ta hadis keltirilgan.

11    Hazrat Mahdiy(a-s)ning ko’zlardan ghoyib bo’lishi haqida xabar bergan hadislar. Bu mavzuda 91 ta hadis keltirilgan.

12    Hazrat Mahdiy(a-s)ni insonlar orasida – bir kunmas bir kun– namoyon bo’lishi haqida xabar dergan hadislar. Bu mavzuda 657 ta hadis keltirilgan.

13    Hazrat Mahdiy(a-s) yer yuzini adolatdan to’ldirishini xabar bergan hadislar. Bu mavzuda 123 ta hadis keltirilgan.

14    Hazrat Mahdiy(a-s) orqali, Islom dini jahonda keng tarqalib barcha iqlimlarga borib yetishi haqida darak bergan hadislar. Bu mavzuda 47 ta hadis keltirilgan.

Bu hadislar yighindisi, 2.953 ta hadisni tashkil qilgan.