H
HOME

Muhammad Fozil Lankaroni tarjimai hollaridan

TUGHILISHI

Lankaroni, 1931 yil Qum shahrida tughildi. Otasi marhum Fozil Lankaroni Qum madrasasining buyuk ustozlaridan, olimlaridan hisoblanar edi. Onasi payghambar avlodidan bo’lgan sayyidlardan.

TAHSILOTI

Boshlanghich darslardan so’ng Qum shahrida, islomiy darslarni jiddiyat bilan boshladi. Zakovat va zehni o’tkirligi, iste’dotli bo’lgani uchun “Muqaddimot” va “Sath” darslarini 6 yil ichida bitirib, 19 yoshida Burujerdining “Fiqh-Usul” darslariga qatnat boshladi. Yoshining ozligi, iste’dotining ko’pligi talabalar va ustozlarning diqqatini o’ziga jalb etar edi.

Uning do’sti, o’quv sherigi – Eron Islom Respublikasining bunyonguzori Hazrat Xumayning o’ghillari – Mustafo Xumayni edi.

USTOZLARI

Lankaroni, 11 yil Burujerdining “Fiqh-Usul” darslariga qatnadi. 9 yil Hazrat Xumayning darslariga shirkat qildi. Yillar davomida Tabotaboiyning “Falsafa” va “Tafsir” darslari fa’ol qatnashdi.

Iste’doti, ketma- ket taloshlari tufayli 25 yoshdayoq “ijtihod” darajasiga yetdi. Burujerdi, Lankaroniyning bu darajaga yetib qolganini ta’yid qildi.

DARSI

Qum madrasisining talabalari uchun yillab “Sath” darslarini berdi. 35 yildan beri “Fiqh- Usul” darslarini “Xorij” davrasida beradi. Darsining ahamiyati shu darajada-ki 700 talaba hozir bo’ladi. Bir necha yildan beri, darsi, Eron Islom Res.radiosidan eshittiriladi.

MARJA’

Hazrat Xumayni rehlatlaridan so’ng Mo’minlardan ko’pchiliklari Lankaroniydan ergashdilar. Hazrat Aroki rehlatlaridan so’ng “Jomiatul Mudarrisin” tomonidan “Marja” sifatida tanildi.