vuzu

241- modda:Tahoratda, qo’l va yuzni yuvish, boshning old qismi va oyoq ustini mash qilish farz!

242- modda: Yuzning yuvilish miqdori:

a. Uzunligi: soch unib chiqadigan yerdan iyak- engakgacha.

b. Eni: (qo’lni betga yoyganda) bosh barmoq va o’rta barmoq o’rab olgan miqdor.

Yuzni mana shu miqdor yuvish lozim. Chunonchi, bu miqdordan salginasi yuvilmay qolsa, tahorat botil! Bu miqdorni yuvganiga ishonch hosil qilish uchun, bu miqdordan salgina ko’proq yuvsin.

243- modda: Biron kishining yuzi yo qo’li, kichikroq yoki kattaroq bo’lsa, boshqa oddiy kishilar yuvadigan miqdorni u ham yuvsin. Bordiyu, qo’l- yuzi –har ikkalasi– kattaroq yo kichikroq bo’lsa, ammo bir- biriga mos kelsa, oddiy kishilarga nazar solishi lozim emas. 242- moddada aytib o’tilgandek yuvsin. Shuningdek, peshonasida soch unib chiqqan yo boshining old qismida soch bo’lmasa, oddiy miqdorda o’z peshonasini yuvsin.

244- modda:Qoshida, ko’z qirrasida va labida, ularga suv yetib borishidan to’sqinlik qiladigan chirk yoki biror-bir to’sqin borligi ehtimolini bersa – bunday ehtimol boshqa kishilar nazaridan tasdiqlansa– tahoratdan oldin tekshirib ko’rsin va agar bo’lsa bartaraf qilsin.

245- modda:Yuz terisi, soch- tuk orasidan ko’rinib tursa, suvni teriga yetkazishi lozim. Ko’rinmasa, soch- tukni yuvsa kifoyat qiladi. Ostiga suv yetkazish lozim emas.

246- modda: Agar pust, soch- tuk orasidan ko’rinib yoki ko’rinmasligiga shubhalansa, sochni yuvish va ostiga suv yetkazish vojib!

247- modda: Burun ichi, yumilganda ko’rinmaydigan ko’z qismini va yopilganda ko’rinmaydigan lab miqdorini yuvish lozim emas. Biroq, yuzini to’la yuvganiga ishonch hosil qilish uchun, bulardan oz miqdorini yuvsin.

248- modda: Yuzni yuqoridan pastga yuvish vojib. Pastdan yuqoriga yuvilsa, tahorat buziladi. Qo’llar, tirsakdan barmoqlari tarafigacha yuvilsin!!!

249- modda: Qo’l ho’llanib yuz- qo’llarga surtilsa – qo’lning ho’l- namligi tufayli yuz- qo’llardan (oz bo’lsada) suv oqsa, joriy bo’lsa – yetarli (tahorat to’ghri, buzilmaydi.)

250- modda: Yuz yuvilgandan so’ng o’ng qo’l, keyin chap qo’l (tirsakdan barmoq uchigacha) yuvilsin.

251- modda: Tirsak yuvilganiga ishonch hosil bo’lishi uchun, undan sal yuqoriroghini ham yuvsin.

252- modda: qo’llar, Yuz yuvilishidan oldin bilakkacha yuvilsa va tahorat paytida qo’llar, barmoq uchigacha yuvilishi lozim. (tirsakdan bilakkacha yuvilsa tahorati buziladi.)

253- modda: tahoratda, yuz- qo’llarni bir marta yuvish farz, ikki marta yuvish joiz va undan ortighi (uch, to’rt va … marta yuvish) harom!!! Bir hovuch suv bilan a’zoning barchasi yuvilsa, – xoh bir marta yuvishni qasd qilsin, xoh qilmasin – bir marta yuvilish hisoblanadi.

254- modda: Har ikkala qo’llar yuvilganidan so’ng, boshning old qismini qo’lda qolgan tahorat ho’lligi bilan mash tortsin, sipalasin. sipalashning O’ng qo’l bilan bo’lishi yo yuqoridan pastga bo’lishi lozim emas.

255- modda: Peshonaning yuqorisida joylashgan Boshning to’rtdan bir qismi, sipalash, mash tortish o’rnidir. Bu qismning har joyi, har andoza sipalansa kifoyat qiladi! Albatta, mashning uzunligi barmoq uzunligi miqdorida, eni esa yopishgan uch (3) barmoq eni miqdorida bo’lishi mustahab.

256- modda: Boshning terisini sipalash lozim emas balki, o’sha qismning sochiga mash qilinsa ham yetadi, kifoyat qiladi. Ammo taralganda soch peshonaning bir qismiga yetib qolsa yo boshning boshqa qismiga borib yetsa, sochning tubini sipalash, mash qilishi (yo boshning farqini ochib unga mash qilishi) lozim. Betga (yo boshqa joyga) yetib qoladigan sochni boshning old qismiga yighib ularni sipalasa (yo boshning boshqa qismidagi sochlarni old qismiga yighib ularni sipalasa, mash- sipalash buziladi.

257- modda: Bosh mashidan so’ng, qo’lda qolgan tahorat suvining ho’lligi bilan oyoq ustini (bir barmoq uchidan) burtib chiqqan joyigacha mash qilsin, sipalasin.

258- modda: Oyoq sipalashining eni har qancha bo’lsa yetadi. Albatta, qo’l kafti bilan sipalash mustahab.

259- modda: Oyoqni mash qilishda, qo’lini oyoq barmoqlari uchiga qo’yishi va ustini asta- sekinlik bilan sipalashi vojib. Shu bois, qo’lining hammasini oyoq ustiga qo’yib salgina qimirlatsa, kifoya qilmaydi.

260- modda: Bosh va oyoq ustini sipalashda, qo’lni ularning ustiga sipalashi lozim. Qo’lni to’xtatib qo’l yo oyoqni silkitsa, tahorat buziladi. Ammo, qo’lni yurgizish paytida bosh va oyoghi salgina harakatga kirsa, tahorat buzilmaydi.

261- modda: Sipalash joyi quruq bo’lishi (ho’l bo’lmasligi) lozim. Qo’l ho’lligi asar qilmaydigan darajada ho’l bo’lsa, sipalash buziladi. Ammo, qo’l ho’lligi bosh va oyoq ho’lligiga gholib kelsa, sipalash buzilmaydi.

262- modda: Sipalash uchun qo’lda ho’llik qolmagan bo’lsa, tahorat a’zolarining biridan qo’lini ho’llab ularni sipalasin. tashqi Toza suv bilan qo`lni ho’llab bilmaydi.

263- modda: Qo’l kaftida qolgan ho’llik, tek- faqat bosh sipalashiga yetsa, boshini sipalab biladi. Oyoghini sipalashi uchun boshqa a’zolaridan qo’lini ho’llab olsin.

264- modda: Paypoq va oyoq kiyimi ustidan sipalab bo’lmaydi (sipalash buziladi)[1].

265- modda: Oyoq usti najaslangan bo’lsa – sipalash uchun uni yuvib bilmasa – tayammum qilishi lozim.

Sho’nghitma tahorat

266- modda: Kishi, yuz- qo’llarini – tahoratni qasd qilib yuqoridan pastga yuvmoqni niyat qilgan holida – suvga botirib, sho’nghitib (yo botirganidan so’ng tahoratni qasd qilib) undan chiqarsa – qo’llarini botirish paytida va ularni undan chiqarib tomchilari tugaguncha tahorat niyyatida bo’lsa – tahorati to’ghri, buzilmaydi. (bunday tahoratga sho’nghitma tahorat deymiz)

267- modda: Sho’nghitma tahoratda ham qo’llar yuqoridan pastga yuvilishi lozim. Demak, yuz- qo’llarini yuvishdan oldin tahoratni qasd qilgan bo’lsa, yuzni peshona tarafidan va qo’llarni tirsak tomonidan sho’nghitishi, botirishi lozim. Ularni suvdan chiqarayotgan paytda tahoratni qasd qilsa, yuzni peshona tomonidan va qo’llarni tirsakdan chiqara boshlasin.

268- modda: Tahorat a’zolarining ba’zilarini oddiy tahorat bilan, qolgan ba’zilarini sho’nghitma tahorat bilan yuvsish mumkin.

Tahorat paytida  o’qilishi sunnat bo’lgan duolar

269- modda: Tahorat olayotgan kishi;

a.    Ko’zi suvga tushganida:
bismillah va billah val hamdu lillah. Allazi jaalal moa tahuro va lam yaj’alhu najisa[2].

b.    Tahoratdan oldin qo’llarini yuvganida:
Allohumma; ij’alni minat tavvobin vaj’alni minal mutatahhirin[3].

c.    Oghzini chayqaganida: Allohumma laqqini hujjati yavma alqoka va atliq lisoni bi zikrika[4].

d.    Burniniga suv tortganida: Allohumma la tuharrim alayya rihal janna. Vaj’alni mimman yashummu rihaha va ravhaha va tibaha[5].

e.    Yuzini yuvayotgan paytda: Allohumma bayyiz vajhi yavma tasvaddu fihil vujuh. Va la tusavvid vajhi yavma tabyazzu fihil vujuh[6].

f.       O’ng qo’lini yuvayotgan paytda: Allohumma a’tini kitobi bi yamini val xulda fil jinoni bi yasori va hosibni hisoban yasiro[7].

g.    So’l- chap qo’lini yuvayotgan paytda: Allohumma la tu’tini kitobi bi shimoli va la min varoi zahri va la taj’alha maghlulatan ila unuqi va auzu bika min muqattiotin niyron[8].

h.    Boshini sipalash paytida: Allohumma ghshshini bi rahmatik va barakotik va afvik[9].

i.       Oyoghini sipalash paytida: Allohumma sabbitni alas siroti yavma tazillu fihil aqdom vaj’al sa’yi fi ma yurzika anni. Yo zal jiloli val ikrom deb aytishi sunnat

Tahorat shartlari

Tahoratning to’ghri bo’lishi uchun o’n uch (13) narsa shartlangan:

          1- şart:            tahorat suvi pok bo’lishi.

          2- şart:            tahorat suvi mutlaq bo’lishi.

270- modda:najaslangan va muzof suv bilan tahorat qilib bo’lmaydi ya’ni bu suvlar bilan olingan tahorat buziladi[10]. Bu suvlar bilan olingan tahorat orqali o’qilgan namozni (boshqa tahorat bilan) qayta o’qish lozim.

271- modda:Loyqa muzof suvdan boshqa suv topa olmasa – namoz vaqti tor bo’lsa – tayammum qilsin. Vaqti bo’lsa, suv tiniguncha kutsin va tahorat bilan namozini o’qisin.

          1- şart:            Tahorat suvi muboh bo’lishi.

272- modda:Uzurpatorlik (zo’ravonlik, qonunga xilof) ravishda tortib olingan suv bilan tahorat qilish harom. Bunday suv bilan olingan tahorat buziladi, to’ghri emas. Shuningdek, egasining roziligi aniq bo’lmagan suv bilan tahorat qilish harom. Tahorat buziladi. Ammo, bultur rozi bo’lgan bo’lsa – hozirda roziligidan qaytgan- qaytmaganligi ma’lum bo’lmasa – tahorat buzilmaydi. Shuningdek, tahorat suvi, yuz- betlaridan uzurpaciyalangan joyga tomsa, tahorati buzilmaydi.

273- modda:


[1] Ammo, qattiq sovuqlik yo o’ghrilik yoki yirtqich hayvonlar va h.k.lardan qo’rqishi natijasida paypoghi yo oyoq kiyimini yecha olmasa ularni sipalash yetarli, kifoyat qiladi. Poyafzal usti najaslangan bo’lsa pok narsani ustiga yoyib shu narsani sipalasin.

[2] Ya’ni: Alloh nomi bilan (boshlayman) va suvni pok yaratgan va uni nopok qilmagan Allohga hamdlar bo’lsin.

[3] Ya’ni: allohim, meni tavba qiladiganlardan qilgin. Meni poklanuvchilardan qilgin.

[4] Ya’ni: …

[5] Ya’ni: …

[6] Ya’ni: Allohim, betlar qoralanuvchi kunda yuzimni oqla. yuzlar oqaruvchi kunda betimni qoralama.

[7] Ya’ni: Allohim kitobim (= nomai amallarim)ni o’ng qo’limga ber. Jannatda abadiy qolishimni so’ng qo’limga ber.

[8] Ya’ni: …

[9] Ya’ni: …

[10] Xoh suvning najaslanganini bilsin, xoh bilmasin. Xoh esida bo’lsin, xoh bo’lmasin.