istehoza  

Ayol ko’radigan qonlarning bir turi istehoza deyiladi. Istehoza ko’rayotgan ayolga mustahoza deyiladi.

392- modda: Istehoza qoni odatda sariq va sovuq bo’ladi. Bosimsiz kuydirmay chiqadi. Quyuq emas[1].

393- modda: Umumiy qilib aytganda: ayoldan chiqadigan barcha qon — xastalik- yaralik, hayz va nifos qoni bo’lmasa va aytilgan xislatlarga ega bo’lmasa-da — istehoza qoni hisoblanadi.

394- modda: Istehoza uch turli bo’ladi:

1.    oz: rahim ichida joylangan paxtaning ustki qismini bulghagan istehoza qoniga “oz istehoza qoni deyiladi.

2.     o’rtacha: rahim ichida joylangan paxtaga singib ketsa, ammo ustidan o’ralgan gazmolga yetmasa “o’rtacha istehoza qoni deyiladi.

3.     ko’p: paxtadan gazmolga o’tib ketgan istehoza qoniga “ko’p istehoza” deyiladi.

Istehoza hukmlari

395- modda: oz istehozada bo’lgan ayol, har namoz uchun, bir tahorat qilishi lozim. Rahimi tashqarisiga qon yetgan bo’lsa, yuvishi kerak. Paxtasini yangilashi yo yuvishi vojib.

396- modda: Namozdan oldin yo namoz asnosida o’rtacha istehozada bo’lib qolsa, shu namoz uchun ghusl qilsin. Ammo o’rta istehozada bo’lgan ayol, bomdod namozidan oldin ghusl qilsa, kelgusi bomdod namozigacha oz istehozada bo’lgan ayoldek amallarini bajarishi mumkin. Qasddan yo unutgani tufayli ghusl qilmasa, peshin va asr namozlari uchun ghusl qilsin. Bu namozlar uchun ham ghusl qilmasa, shom va xuftan namozlari uchun ghusl qilsin!

397- modda: Ko’p istehozada bo’lgan ayol amallarini, o’rtacha istehozada bo’lgan ayoldek bajarishi lozim. Buning ustiga, har namoz uchun rahimining gazmolini almashtirishi yo uni yuvishi lozim. Shuningdek, peshin va asr namozi uchun ghusl qilishi farz. Shom va xuftan namozlari uchun qayta ghusl qilishi lozim! Peshin va asr namozlari orasida bo’shliq qoldirmay ularni ketma- ket o’qish lozim. Ketma- ket o’qimasa, asr namozi uchun ham ghusl qilishi lozim. Xuftan namozini tezda shom namozi ketidan o’qimasa, u uchun ham alohida ghusl qilishi  lozim.

398- modda: Namoz vaqtidan oldin o’rtacha yo ko’p istehoza qoni to’xtasa, namoz uchun ghusl qilishi va tahorat olish vojib[2].

399- modda: O’rtacha istehozada bo’lgan ayol ghusl qilishidan oldin tahorat qilsa yaxshiroq.

400- modda: Oz istehozada bo’lgan ayolning istehozasi bomdod namozidan so’ng o’rtacha bo’lib qolsa, peshin va asr uchun ghusl qilishi lozim. Peshin va asr namozidan so’ng o’rtacha bo’lib qolsa, shom va xuftan namozlari uchun. ghusl qilsin. Ghusl qilishidan keyin, qon to’xtamasa, kelgusi kunning bomdodi uchun ham ghusl qilishi i lozim.

401- modda: O’z yo o’rtacha istehozada bo’lgan ayolning istehozasi bomdod namozidan so’ng ko’pga aylanib qolsa peshin va asr namozlari uchun ghusl qilishi  lozim. shom va xuftan namozlari uchun ham qayta ghusl qilishi  lozim. Peshin va asr namozidan so’ng ko’pga aylanib qolsa, shom va xuftan namozlari uchun ghusl qilishi lozim. Shu tartibda, kelgusi kunning bomdod namozi uchun. Albatta, oqshom ghusl qilishidan  oldin oz istehozaga aylansa (yo umuman to’xtab qolsa) bomdod namozi uchun ghusl qilishi  lozim emas.

402- modda: Istehozada bo’lgan ayol, har bir namoz uchun — xoh farz namozi bo’lsin, xoh sunnat — tahorat qilishi lozim. O’qigan namozini qayta o’qimoqchi bo’lsa (yo yakka o’qigan namozini jamoat bilan o’qimoqchi bo’lsa) aytib o’tilgan barcha dasturlarni bajarishi kerak[3].

403- modda: Ayolning istehozasi to’xtasa, — oz istehozada bo’lgan bo’lsa — o’zini poklasin va kelgusi namoz uchun tahorat olsin. O’rta yo ko’p istehozada bo’lgan bo’lsa, ghusl qilishi  kelgusi namoz uchun tahorat olishi lozim[4].

404- modda: Ayol, o’z istehozasini qaysi turidanligini bilmasa, namoz o’qishdan oldin, farjiga ma’lum miqdorda paxta tiqib oz muncha kutsin. chiqarib o’z istehozasining turini aniqlaganidan so’ng aytilgan dasturlarni bajarsin. Ammo, namozini o’qib bo’lguncha istehozasi o’zgarmasligini bilsa, namoz vaqti bo’lishidan oldin o’zini tekshirib ko’rishi mumkin.

405- modda: Mustahoza, o’zini tekshirishidan oldin namoz o’qisa — chunonchi, o’z vazifasiga amal qilgan bo’lsa[5] va niyyat qilgan bo’lsa — namozi buzilmaydi. Ammo niyyat qilmagan bo’lsa yo o’z vazifasiga amal qilmagan bo’lsa[6], namozi buziladi.

406- modda: Mustahoza, o’zini tekshira olmasa, (istihoza vazifasiga) amal qilsin. Masalan: istehozasi ozmi yo o’rtami deb shak qilsa, oz istehoza dasturi asosida amallarini bajarsin. Ammo, oldin qaysi turli bo’lganini bilsa, o’sha tur dasturlariga amal qilsin.

407- modda: Istehoza, birinchi kelishida badandan chiqmay qolsa, istehoza dasturlariga amal qilish ayol uchun lozim emas. Ammo — salgina bo’lsa ham — chiqqanidan so’ng (farj yulida) bo’lsa dasturlarga amal qilishi lozim.

408- modda: Istehozada bo’lgan ayol namoz yo tahoratga mashghul bo’lishi vaqtida qon chiqmasa — namozdan so’ng ham qon chiqmasa — namozini orqaga surishi, keyinroq o’qishi mumkin. Hatto, kelgusi namozlarini shu tahorat va ghusl qilishi  bilan o’qishi mumkin.

409- modda: Itehozada bo’lgan ayol, istehozasi nomoz qazo bo’lishidan oldin to’xtashini bilsa to’xtamagunicha namozini o’qimasin. Shuningdek istehozasi, ghusl qilish yo tahorat yakunidan oldin to’xtashini bilsa to’xtamagunicha ghusl qilmasin, tahorat ham olmasin.

410- modda: Oz istehozada bo’lgan ayol, tahoratidan so’ng va o’rta va ko’p istehozada bo’lgan ayol, ghusl qilish va tahoratidan so’ng tezda namozni o’qishlari lozim. [azon- iqoma ayitsh va namozdan oldingi duolarni o’qish joiz. Namoz asnosida ham (qunut duosi kabi) sunnat amallarni bajara oladi.]

411- modda: istehozada bo’lgan ayol, ghusl qilishidan so’ng namozini o’qimasa (ular orasida oraliq tushib qolsa), qayta ghusl qilib namozini o’qishi lozim. Ammo, istehozasi rahimi fazosining ichiga kelmasa…, ghusl qilishi va tahoratni takrorlashi lozim emas.

412- modda: istehozada bo’lgan ayol, tahorat va ghusl qilishidan so’ng iloji boricha qon chiqishining oldini olsin. Chunonchi, loqaylik qilsishi oqibatida qon tashqariga chiqsa namozini qayta o’qishi lozim. Namozdan oldin qayta ghusl qilishi tahoratini olishi vojib.

413- modda: Ghusl qilish paytida qon to’xtamasa ham ghusl qilish  to’ghri, buzilmaydi. Ammo ghusl qilishi paytida o’rtacha istehoza ko’pga aylanib qolsa, ghusl qilishini boshdan boshlashi kerak.

414- modda: istehozada bo’lgan ayol ro’za bo’lsa, kun davomida qon chiqishining oldini olishi vojib.

415- modda: Ghusl qilishi lozim bo’lgan mustahoza ayolning ro’zasi — kun davomida, ghusl qilishi lozim bo’lgan namozlari uchun ghusl qilgan bo’lsa — to’ghri. Ertasiga ro’za olmoqchi bo’lgan kunning shom va xuftan namozlari uchun ghusl qilishi vojib.

416- modda: Asr namozidan so’ng mustahoza bo’lib qolsa, ammo kunbotargacha ghusl qilmasa, ro’zasi buzilmaydi.

417- modda: Oz istehozada bo’lgan ayolning istehozasi namozidan oldin o’rta yo ko’pga aylanib qolsa, o’rta yo ko’p istehoza dasturlariga amal qilsin. O’rta istehozada bo’lgan ayolning istehozasi ko’pga aylansa, ko’p istehoza dasturlariga amal qilsin. O’rta istehozasi uchun ghusl qilgan bo’lsa, ko’pga aylangani tufayli, qayta ghusl qilishi.

418- modda: Namoz paytida o’rta istehozada bo’lgan ayolning istehozasi ko’pga aylanib qolsa, namozini buzib, qayta ghusl qilishi va qolgan dasturlarga amal qilib shu namozini qayta o’qishi lozim. ghusl qilish uchun vaqti qolmagan bo’lsa, tayammum qilib tahorat olsin. Tahoratga ham vaqti qolmagan bo’lsa, yana bir karra tayammum qilsin. Tayammum qilishga vaqti qolmagan bo’lsa, namozini buzmay tugatishi lozim. So’ng qayta o’qishi vojib[7].

419- modda: Namoz asnosida qon to’xtasa — ichida ham to’xtaganini bilmasa — qayta ghusl qilishi, tahorat olishi va namozini qayta o’qishi vojib.

420- modda: Ko’p istehozada bo’lgan ayolning istehozasi o’rta istehozaga aylanib qolsa, birinchi namozni ko’pning dasturi asosida o’qishi va qolgan namozlarni o’rtaning dasturi asosida bajarishi lozim[8].

421- modda: Har bir namozdan oldin, ko’p istehozada bo’lgan ayolning qoni, to’xtaganidan so’ng, qayta kelsa, har bir namoz uchun ghusl qilishi lozim.

422- modda: Ko’p istehozada bo’lgan ayolning istehozasi oz istehozaga aylanib qolsa, birinchi namozni ko’pning dasturi asosida o’qishi va qolgan namozlarni ozning dasturi asosida bajarishi lozim. Shuningdek, o’rta istehozada bo’lgan ayolning istehozasi oz istehozaga aylanib qolsa, birinchi namozni o’rtaning dasturi asosida o’qishi va qolgan namozlarni ozning dasturi asosida bajarishi lozim.

423- modda: Istehozada bo’lgan Ayol, unga farz- lozim bo’lgan ammallardan biri (hatto paxtasini yuvishi yo uni yangilashi) ni bajarmasa, namozi buziladi.

424- modda: Istehozada bo’lgan ayol namozdan boshqa (badanining bir yerini qur’on xatiga tegirishdek tahoratga muhtoj amallardan biri) ni qilmoqchi bo’lsa, qayta tahorat olishi vojib.

425- modda: Istehozada bo’lgan ayolga Masjidga borish, u yerda qolish, sajda oyati bor suralarni o’qish, eri bilan jinsiy aloqada bo’lishi mumkin. Albatta, bu ishlar uchun o’z bo’ynidagi farz ghusl qilishini bajargan bo’lishi mustahab.

426- modda: Ko’p istehozada bo’lgan ayol, badanidan biron joyini qur’onga tegizmoqchi bo’lsa, ghusl qilishi lozim. O’rta istehozada bo’lgan ayol, — o’sha kun uchun yuvingan ghusl qilgan bo’lsa — tahorat yetarli, kifoya qiladi.

427- modda: Istehozada bo’lgan ayol uchun ham “oyot namozi” farz. Bu namoz uchun, kundalik namozlarda  aytilgan dasturlarga amal qilishi lozim.

428- modda: Ayolga, Kundalik namozlari vaqtida, “oyot namoz” i ham farz bo’lsa, bu ikki namozni bir ghusl qilish va tahoratda o’qib bilmaydi. “Oyot namozi” uchun ham ghusl qilishi yo tahorat olishi lozim.

429- modda: istehozada bo’lgan ayol, oldingi namozlarini qayta o’qimoqchi bo’lsa, har bir namoz uchun aytilgan dasturlarga amal qilishi kerak.

430- modda: Ayol, o’zidan chiqqan qonning yara, hayz va nifos qoni emasligini bilsa, — hatto istehozaligiga shak- shubhada bo’lsa — istehoza dasturiga amal qilishi lozim. Chunonchi chiqqan qonda yara, hayz va nifos qonlarining belgilari bo’lmasa, istehoza dasturiga amal qilishi vojib.


[1] Ammo ba’zi vaqtlar, qora, qizil, issiq, quyuq, bosimli va kuydirib chiqishi mumkin.

[2] Albatta: bu namoz uchun yuvingan bo’lsa va yuvinishidan oldin qon to’xtab qolgan bo’lsa, qayta ghusl qilishi vojib emas.

[3] Ammo, ehtiyot namozi yo unitilgan sajda va tashahhud yoxud xato sajdalarini namozdan so’ng tezda bajarsa, istehoza kitobida aytilgan ishlarni qayta bajarishi lozim emas.

[4] Bu ghusl qilishi  qon to’xtashidan so’ng (namozdan oldin bo’lsa-da) olib biladi.

[5] Masalan: oz istehozada bo’lgan bo’lsa, bu turdagi ayolning vazifasini bajargan bo’lsa.

[6] Masalan: o’rta istehozada bo’lgan bo’lsa biroq oz istehozada bo’lgan ayolning amalini bajargan bo’lsa.

[7] Shuningdek, Namoz paytida oz istehozada bo’lgan ayolning istehozasi o’rta yo ko’pga aylanib qolsa, aytilgan dasturlargan amal qilsin. Albatta, o’rta istehozaga aylanib qolsa, ghusl qilishi ustiga tahorat ham olishi lozim.

[8] Masalan: peshin namozidan oldin ko’p istehozasi, o’rtaga aylanib qolsa, peshin namozi uchun ghusl qilishi va qolgan namozlar uchun tahorat qilishi lozim.