farz namozlar

farz namozlar olti (6) ta:

1. kundalik namozlar

2. nishona namozi

3. o’lik namozi (janoza namozi)

4. farz tavofi namozi …

5. to’nghich o’ghilga farz bo’lgan otaning qazo namozlari. Onasining qazo namozlari o’qishi (farz emas, balki) vojib.

6. nazr, qasam va ijora orqali farz bo’ladigan namozlar.

kundalik namozlar

qo’yidagi namozlarga kundalik farz namozlar deyiladi:

î  bomdod namozi ― 2 rakaat.

î  Peshin namozi ― 4 rakaat.

î  Asr namozi ― 4 rakaat.

î  Shom namozi ― 3 rakaat.

î  Xuftan namozi ― 4 rakaat.

726- Modda: Safarda, to’rt (4) rakaatli namozlarni kelgusida aytib o’tiladigan sharoitlari orqali qisqartirib ikki (2) rakaat o’qish farz!

Peshin va asr namozlarinining vaqti:

727- Modda:

728- Modda: peshin vaqtini aniqlash uchun yerga qadalgan tayoq yo shunga o’xshash narsaga – aniqlovchi- shoxis deyiladi.

729- Modda: Peshin va asr namozlariga xos vaqt. mavjud.

a. Peshin namozining maxsus vaqti: peshin namozining vaqti kirishidan 4 rakaat o’qishga sarflanadigan vaqt, peshin namozining xos vaqti hisoblanadi.

b. Asr namozining maxsus vaqti: maghrib[1]ga faqatgina 4 rakaat namoz o’qib ulguriladigan vaqt, Asr namozining maxsus vaqti hisoblanadi. Mana shu vaqtgacha peshin namozini o’qimagan kishining peshin namozi qazo hisoblanadi. Shu bois, bu kishi asr namozini o’qishi lozim.

Peshin namozining maxsus vaqti yakunidan, asr namozining maxsus vaqti mobaynida bo’lgan vaqt, peshin va asr namozlarining mushtarak vaqtlari hisoblanadi. mana shunday bir vaqtda, kishi unutib asr namozini peshin namzidan ilgari o’qib qo’ysa, namozi buzilmaydi.

730- Modda: Peshin namozini o’qishidan oldin asr namozini o’qiy boshlasa va namoz orasida xato qilgani esiga kelsa, – namozi mushtarak vaqtda bo’lsa – peshin namozini niyyat qilsin. Ya’ni: “hozirgacha o’qigan va hozirda o’qiyatgan namozim peshin namozidir” deb niyyat qiladi va namozini shu niyyat bilan yakunlaydi. Bu namozini yakunlaganidan so’ng asr namozini o’qisin. Chunonchi namozi, peshinga xos vaqtda bo’lsa, niyyatini peshin namoziga o’zgartirishi vojib. Namozini yakunlab, qayta o’qishi ham vojib.

731- Modda: Juma namozi ikki (2) rakaat. Juma kunida peshin namozining o’rnida o’qiladi. Elchimiz Muhammad (s-a) va Yo’lboshchilar va ularning o’rinbosarlari davrida har kishiga farz. Ammo o’n ikkinchi yo’lboshchimiz ko’zlardan ghoyib bo’lganlaridan so’ng extiyoriy farz. Ya’ni: juma kunida, xohlasa juma namozini o’qisin, xohlasa juma namozini o’qimay o’rniga peshin namozini o’qisin. Islomiy hukumatda yashaydigan musulmonlar uchun – juma namozi o’qilsa –, juma namozini o’qish mustahab.

732- Modda: Juma namozini “peshin namozining boshlari deyiladigan vaqtgacha” o’qish vojib. Shu bois, bu vaqtdan sal kechiktirilsa, juma namozi o’rniga peshin namozi o’qilsin.

733- Modda: 729- moddada aytib o’tilganidek, peshin va asr namozlarining har biriga xos vaqtlari mavjud. Namozxon ataylab, peshin namozining xos vaqti o’rniga asr namozini o’qisa, namozi buziladi. Ammo, bunday bir vaqtda boshqa namozlar (mas: bomdod namoz ) ining qazosini o’qisa, namozi buzilmaydi.

734- Modda: kun botganidan so’ng mashriq tomonida paydo bo’lgan qizil rang inson boshi ustidan o’tgan vaqtga maghrib deyiladi.

735- Modda: Shom va xuftan namozlarining o’zlariga xos vaqtlari bor:

a. shom namozining maxsus vaqti: shom namozining vaqti kirishidan 3 rakaat o’qishga sarflanadigan vaqt, shom namozining xos vaqti hisoblanadi. Shu bois, yo’lchi- safarda bo’lgan kishi xuftan namozining barchasini unutib shu vaqtda o’qib qo’ysa, namozi buziladi.

b. Xuftan namozining maxsus vaqti: kechaning teng yarmiga faqatgina 4 rakaat namoz o’qib ulguriladigan vaqt, xuftan namozining maxsus vaqti hisoblanadi. Mana shu vaqtgacha shom namozini ataylab o’qimagan kishi, birinchi xuftan namozi so’ng shom namozini o’qisin.

shom namozining maxsus vaqti yakunidan, xuftan namozining maxsus vaqti mobaynida bo’lgan vaqt, shom va xuftan namozlarining mushtarak vaqtlari hisoblanadi. mana shunday bir vaqtda, kishi unutib xuftan namozini shom namzidan ilgari o’qib qo’ysa va namozi yakunlanganidan so’ng bilsa, namozi buzilmaydi. Shu bois, shom namozini bundan so’ng o’qisin.

736- Modda: Namozlarning maxsus va mushtarak vaqtlari turli insonlar uchun farq qiladi. Masalan: ikki rakat nomoz o`qish miqdoricha peshin nomozining boshlanishidan o`tgan bo`lsa bunday vaqt musofirda bo`lgan kishining maxsus pishin nomozining vaqtihisoblanadi, maxsus vaqti tugallanib mushtarak vaqti kirgan bo`lsa bunday vaqt musofirda bo`lmagan kishining peshin nomozini vaqtidir albatta turt rakat miqdoricha peshin nomozini boshlanish vaqtidan o`tgan bolsin.

737- Modda: Shom namozini o’qishdan oldin, unutib xuftan namozini o’qiy boshlaganidan so’ng namoz asnosida xatosini sezib qolsa, – chunonchi namozining butunlayini yo ma’lum bir qismini mushtarak vaqtda o’qigan va to’rtinchi (4-) rakaatning rukusiga bormagan bo’lsa – shom namozini niyyat qilib namozini yakunlaydi va xuftan namozini o’qiydi. Ammo shom namozining xos vaqtida xatosini sezib qolsa, namozini qayta o’qishi vojib. Chunonchi to’rtinchi (4-) rakaatning rukusiga borgan bo’lsa[2], namozini yakunlaydi; So’ng shom namozini o’qiydi.

738- Modda: Xuftan namozining oxirgi vaqti tunning teng yarmidir. Shom, xuftan va shu kabilar uchun tunnig teng yarmini aniqlash uchun, tunni, kun botganidan bomdod namozi vaqtigacha bo’lgan soatlarni teng ikki (2) ga bo’lish vojib[3].

Tahajjud namozi va shu kabilar uchun tunnig teng yarmini aniqlash uchun, tunni, kun botganidan quyosh otishigacha bo’lgan soatlarni teng ikki (2) ga bo’lish vojib.

739- Modda: Turli sabablar tufayli shom va xuftan namozlarini tunnig teng yarmigacha o’qiy olmasa, bomdod namozigacha o’qishi vojib. Ammo o’qiganida “o’z vaqtida yo qazo qilib o’qimoqdaman” deb niyyat qilmasin.

Bomdod namozining vaqti

740- Modda: Bomdod azoniga yaqin, mashriq tomonidan oq rang ko’kka tomon harakatlanadi. Buni “fajri avval = birinchi yoriqlik” deyishadi. Mana shu oqlikni, mashriq tomon ufuqqa yoyilganidan so’ng “fajri soni = ikkinchi yoriqlik” deb atashadi. Mana shu ikkinchi yoriqlik, bomdod namozinig boshi. Bu namozning oxiri quyosh otgan vaqtidir.

Namoz vaqtining hukmlari

741- Modda: Kishi namoz vaqti kirganiga ishonch hosil qilganidan yo ikki adolatli erkak vaqti bo’lib qolganidan xabar berganlaridan[4] so’nggina namozini o’qib biladi. Vaqtshunos va ishonarli azonchining azoni ham kifoya qiladi.

742- Modda: Ko’zi ojiz, qamoqda bo’lgan kishi va shu kabilar namoz vaqti bo’lib qolganiga ishonch hosil qilgunlariga qadar kutishlari vojib. Ammo odam, osmonda bulut, tutun va shu kabi – barcha odamlarni ishonchga yetib olishga qo’ymaydigan – to’sqinlar bo’lgani bois namoz vaqti bo’lib qolganiga ishonch hosil qila olmasa, gumoni ham yetarli. Namozini shu gumoni bilan o’qiy oladi.

743- Modda: Inson namoz vaqti bo’lganiga ishonib[5] namozini oqiy boshlaganidan so’ng – namoz asnosida – namoz vaqti bo’lmaganligini anglab yetsa, namozi buziladi. Shuningdek, namozini yakunlaganidan so’ng barcha namozini vaqti kirishidan oldin bitirganiga anglab yetsa, namozi buziladi, namozini qayta o’qishi lolzim.

Ammo namoz asnosida, vaqti bo’lib qolganini sezib qolsa, namozi buzilmaydi. namoz yakunidan so’ng namoz o’qiyatgan paytida vaqti bo’lib qolganini sezib qolsa, namozi buzilmaydi.

744- Modda: Namoz vaqti kirganiga ishonish lozimligini unutgan kishi, namozini yakunlaganidan so’ng butun namozini o’z vaqtida o’qiganiga borib yetsa, namozi buzilmaydi. Ammo butun namozini o’z vaqtidan tashqarida o’qigan bo’lsa, namozi buziladi. Shuningdek o’z vaqtidan oldin yo keyin o’qiganini bilmagan kishining namozi buziladi. Namoz yakunidan so’ng namoz orasida vaqti bo’lib qolganini bilsa, namozini qayta o’qishi vojib.

745- Modda: Namoz vaqti bo’lib qolganiga ishongan kishi namoz asnosida o’z ishonchidan qaytib “vaqti bo’ldim yo’qmi?” deb shak qilsa, namozi buziladi. Ammo namoz asnosida (nomoz vaqti kirganligiga ishanch hosil qilsa)qaytmasa biroq namozini o’qigan qismlarini vaqtida o’qigan- o’qimaganligida shak- shubhada bo’lsa, namozi buzilmaydi.

746- Modda: Namoz ichidagi ba’zi sunnatlarni bajargan taqdirda namoz farzlaridan biri namoz vaqtidan tashqariga chiqsa, bunday sunnatlarni tashlab farzlarni bajarish lozim[6]. bunday sunnatlarni bajarish gunoh bo’lganiga qaramay bajarsa, namozi buzilmaydi.

747- Modda: Bir rakaat namoz o’qishlik miqdorida vaqti bo`lgan kishi, namozini ado (o’z vaqtida o’qiyman) deb niyyat qilishi lozim. Lekin namoz bu miqdorda kechiktirilmasin.

748- Modda: Safarda bo’lmagan kishi maghribgacha besh rakat nomoz miqdorida vaqti bo`lsa zuhr va asr nomozini o`qishi kerak, agar ozroq vaqti bo`lsa faqat asr nomozini o`qisin va undan sung zuhr nomozini (qazo niyati qilgan holda) o`qisin, kechaning yarmigacha turt rakat nomoz o`qish miqdorida vaqti bo`lsa shom va xuftan nomozini o`qishi kerak, agar vaqti ozroq bo`lsa birinchi xuftan nomozini ado niyyati qilgan holda o`qisin sung shom nomozini ado va qazo niyyati qilmagan holda o`qishi lozim.

749- Modda: Musofir kishi maghrib vaqtigacha uch rakat nomoz uqish miqdorida vaqti bo`lsa  zuhr va asr nomozini o`qishi kerak, agar vaqti oz bo`lsa faqat asr nomozini o`qisin va zuhr nomozini qazo qilsin, kechaning yarimigacha to`rt rakat nomoz o`qish miqdorida vaqti bo`lsa shom va xuftan nomozini o`qishi kerak, agar vaqti oz bo`lsa faqat xufan nomozini o`qisin va shom nomozini ado va qazo niyyati qilmagan holda o`qisin, xuftan nomozini o`qigandan sung kechaning yarmisiga bir rakat va kuproq vaqt qolganligi ma`lum bo`liq qolsa tezlik bilan shom nomozini ado diya niyyat qilgan holda o`qisin.

750- Modda: Nnamozni birinchi vaqtda o’qish sunnat. Birinchi vaqtiga qanchalik yaqinroq bo’lsa, shuncha yaxshiroq. Biroq boshqa sabablar (masalan jamoat namozini kutish) bilan orqaga surish joiz.

751- Modda: Turli uzrlar sabab namozning birinchi vaqtida namoz o’qigan taqdirda, tayammum bilan o’qishga nochor bo’lsa, ― chunonchi uning uzri namozning oxirgi vaqtigacha bartaraf bo’lmasligini bilsa yo imkonini bersa ― namozini birinchi vaqtida o’qishi joiz. Ammo (kiyimi nopok- najas bo’lsa yo boshqa uzrlardek) chunonchi uning uzri namozning oxirgi vaqtigacha bartaraf bo’lishini bilsa yo imkonini bersa, uzri bartaraf bo’lgunga qadar kutishi vojib. Uning uzri bartaraf bo’lmasa, namozning oxirgi vaqtida namozini o’qisin. Namozning faqat farzlarini bajarish vaqti qolgunga qadar kutish lozim emas. Balki (azon, iqoma, qunutdek) namoz sunnatlarini uzr bilan bajarishi joiz.

752- Modda: Namozga oid moddalar, shaklar va unutmalarni bilmagan kishi namozni birinchi vaqtida o’qigan taqdirda namoz asnosida ulardan biriga yo’liqib qolishidan qo’rqsa, ularni o’rganish uchun namozini kechiktirishi vojib. Ammo namozini kamchiliksiz tugatishiga ishonsa, namozini birinchi vaqtida o’qib biladi. Biroq namoz asnosida hukmini bilmaydigan moddaga duch kelsa, sakkining biriga amal qilib namozini tugatsin. Ammo namozdan so’ng modda hukmini so’rab surishtirsin. Namozi buzilgan bo’lsa qayta o’qisin.

753- Modda: Namoz vaqti ko`p va qarz beruvchi qarzini namozxondan talab qilsa ― chunonchi qarzini to’lash imkoni bo’lsa ― birinchi qarzini to’lasin; so’ng namozini o’qisin. Shuningdek, tezda bajarilishi farz bo’lgan ish chiqib qolsa, birinchi o’sha ishni bajarsin so’ng namozini o’qisin[7]. Biroq bordiyu namozini birinchi o’qib qolsa, namozi buzilmaydi ammo gunohkor bo’lib qoladi.


[1] Maghrib: kun botganidan so’ng mashriq tomonida paydo bo’lgan qizil rang inson boshi ustidan o’tgan vaqtga maghrib deyiladi.

[2] Aytib o’tish kerakki: bu faraz yo’lovchi musofirlar orasida uchraydi xolos.

[3] Demak peshin namozi vaqitidan so’ng 1115 min o’tganidan so’ng xuftan namozining vaqti yakunlanadi.

[4] bu ikki erkak o’z ko’zlari bilan ko’rganlaridan so’ng, boshqalarga darak bergan bo’lsalar.

[5] Yoki ikki erkak o’z ko’zlari bilan ko’rganlaridan so’ng, ugna darak bergan bo’lsalar.

[6] Misol: qunutni oqisa, oxirgi sajda namoz vaqti o’z nihoyasiga yetganidan so’ng bo’lib qolsa, qunutni o’qimasligi farz.

[7] misol uchun: masjid najaslanib qolsa, birinchi masjidni poklasin so’ng namozini o’qisin.