Namozxon (namoz o’qiyatgan kishi) ning kiyimi

803 –  Modda: Namozxon kiyimining olti (6) sharti bor:

a.Pok bo’lishi.

b.Muboh bo’lishi (vojib).

c.Olik hayvon a’zolaridan bo’lmasligi.

d.Go’shti harom hayvondan bo’lmasligi.

e.Namozxon erkak bo’lsa kiyimi xolis ipak yo oltin va tilladan bo’lmasligi lozim.

Bu shartlarning izohi:

Birinchi shart:

804 –  Modda: Namozxonning kiyimi pok bo’lishi lolzim. Shuning uchun kishi bilib turib najas badan yo kiyimi bilan namoz o’qisa namozi buziladi.

805 –  Modda: Najas kiyim va badan bilan namoz o’qish mumkin emasligini bilmagan kihsi Najas kiyim va badan bilan namoz o’qisa namozi buziladi.

806 –  Modda: Najaslar bo’limida aytib o’tilgan moddalarni bilmagani tufayli, ma’lum bir narsa (masalan: najas yeyar tuya yo mushrikning ter suvi) ning najasligini bilmasa va u bilan namoz o’qisa namozi buziladi.

807 –  Modda: Kiyimi yo badanining najasligini bilmasa va namozini yakunlaganidan so’gn najasligini bilsa, namozi to’ghri, buzilmaydi. Ammo vaqti bo’lsa namozini qayta o’qishi mustahab.

808 –  Modda: Kiyimi yo badanining najasligini unutsa va namoz o`rtasida yo undan so’ng esiga tushsa namozini qayta o’qishi lozim. Chunonchi namoz vaqti yakunlangan bo’lsa qazo qilib qayta o’qishi lozim.

809 –  Modda: Namoz vaqti keng bo’lganida namoz o’qishni boshlagan kishining kiyim yo badani najaslansa najas kiyim yo badan bilan namozning ma’lum miqdorini o’qimasdan oldin najaslanganini sezib qolsa va “shu vaqtda najaslanganmi yo oldin ham najas edimi” deb shak qilsa – chunonchi kiyim yo badanni yuvish yo kiyim almashtirish namoz holatini buzmasa – namoz o`rtasida kiyim yo badanini yuvsin yo kiyimini almashtirsin yo avratini to’sadigan narsa bilan avratini to’sib bo`lsa kiyimini yechib namozini davom ettirsin. Ammo kiyim yo badanini yuvish yo kiyimini almashtirish yo uni yechish namoz holatini buzsa yo kiyimini yechishi oqibatida yalanghoch qolsa namozini buzib tozza kiyim va badan bilan qayta o’qisin.

810 –  Modda: Namoz vaqti oz qolganida namoz o’qishni boshlagan kishining kiyimi najaslansa najas kiyim bilan namozning ma’lum miqdorini o’qimasdan oldin najaslanganini sezib qolsa va “shu vaqtda najaslanganmi yo oldin ham najas edimi” deb shak qilsa – chunonchi kiyimni yuvish yo kiyim almashtirish namoz holatini buzmasa – namoz o`rtasida kiyimni yuvsin yo kiyimini almashtirsin yo avratini to’sadigan narsa bilan avratini to’sib bo`lsa kiyimini yechib namozini davom ettirsin. Lekin avratini to’sadigan boshqa narsani topmasa  va kiyimni ham yuvib yo almashtirib bilmasa kiyimini echsin va namozini (yalanghochlar to’ghrisida) aytib o’tilgan moddalar asosida yakunlasin. Ammo kiyimini yuvish yo uni almashtirish namozn holatini buzsa yo sovuqlik va shu kabi sabablar tufayli kiyimini yecha olmasa namozini najas holida davom ettirsin. Namozi to’ghri.

811 –  Modda: Namoz vaqti oz qolganida namoz o’qishni boshlagan kishining badani najaslansa najas badan bilan namozning ma’lum miqdorini o’qimasdan oldin najaslanganini sezib qolsa va “shu vaqtda najaslanganmi yo oldin ham najas edimi” deb shak qilsa – chunonchi badanni yuvish namoz holatini buzmasa – namoz o`rtasida badanini yuvsin. Ammo badanini yuvish namoz holatini buzsa namozini najas holida davom ettirsin. Namozi to’ghri.

812 –  Modda: kiyimi yo badanining pokligiga shak qilgan kishi namoz o’qisa va namozini yakunlaganidan so’ng nopok bo’lmaganini bilsa – namoz vaqti bo’lsa – namozini qayta o’qishi mustahab. Chunonchi vaqti bo’lmasa qazo qilib qayta o’qishi mustahab.

813 –  Modda: Kiyimini uvib pok bo’lganiga ishonib shu kiyim bilan namoz o’qisa namozini yakunlaganidan so’ng kiyimi poklanmaganini bilsa – namoz vaqti bo’lsa – namozni qayta o’qishi vojib. Chunonchi namoz vaqti o’tgan bo’lsa qazo qilib qayta o’qishi vojib.

814 –  Modda: Kiyimi yo egnida qon ko’rsa va najas qonlardan emasligiga ishonsa (masalan: pashsha qoni bo’lganiga ishonsa), chunonchi namoz yakunidan so’ng namoz o’qish mumkin bo’lmagan qonlardan bo’lganiga borib yetsa, namozi to’ghri, buzilmaydi.

815 –  Modda: Kiyimi yo egnida ko’rgan qon, namoz o’qish joiz bo’lgan qonlar (masalan: yara qoni )dan bo’lganiga ishonsa, chunonchi namoz yakunidan so’ng namozni buzadigan qonlardan bo’lganiga borib yetsa, namozi to’ghri, buzilmaydi.

816 –  Modda: Bir narsaning najasligini unutib kiyim yo badani ho’lligida unga tegsa  va unutgan holida namozini o’qib tugatganidan so’ng esiga tushsa namozi to’ghri. Najas tekkan o’rinni yuvmasdan oz suv bilan ghusl qilib namoz o’qisa namozi va ghusli buziladi. Ammo agar jarayonli suv yo kur suvi bilan ghusl qilsa najas o’rni poklanishi tufayli namozi va ghusli to’ghri. Najas tekkan o’rin tahoratda yuviladigan a’zolardan bo’lsa va kishi uni oz suv bilan poklashdan ilgari bir marta yuvish bilan tahorat qilsa namozi va tahorati buziladi. Shu farazda ko’p suv bilan tahorat qilsa yo oz suv bialn mazkur a’zoni uch (3) marta yuvsa tahorati va namozi to’ghri, buzilmaydi.

817 –  Modda:

818 –  Modda: Najas kiyimidan bo’lak kiyimi bo’lmagan kishi namozning oxirgi vaqtigacha pok kiyim topmasligini bilsa yo namoz vaqti o’tayatgan bo’lsa namozini (yalanghochlar to’ghrisida) aytib o’tilgan moddalar asosida o’qisin. Ammo bu kishi sovuqlik yo boshqa uzr tufayli kiyimini echa olmasa mazkur kiyimi bilan namozini o’qisin. Namozi buzilmaydi.

819 –  Modda: Ikkita kiyimi bo’lgan kishi ulardan birining najasligini bilsa va ularni yuvib bilmasa va qaysi biri nopokligini ham bilmsa, chunonchi vaqti bo’lsa, har ikkala kiyimi bilan namoz o’qisin. Ya’ni masalan: peshin namozini o’qimoqchi bo’lsa, birinchi kiyimi bilan bir marta ikkinchi kiyimi bilan ikkinchi marta peshin namozini o’qisin. Ammo namoz vaqti o’tayatgan bo’lsa namozini (yalanghochlar to’ghrisida) aytib o’tilgan moddalar asosida o’qisin. Shuningdek, bu namozni pok kiyimda qazo qilib qayta o’qisin. Ikkinchi shart

820 –  Modda: Namozxonnig kiyimi muboh bo’lishi vojib. Ijozasiz kiyimni kiyish haromligini bilgan kishi bilib turib ijozasiz kiyim yo dugmasi, ipi yo boshqa narsalari ijozasiz orqali qo’lga kiritilgan kiyim bilan namoz o’qisa namozi buzilishi vojib. Bu namozni muboh kiyimda qayta o’qishi lozim. Shuningdek, kishi ijozasiz kiyimni kiyish haromligini (bilishi mumkin bo’lganda) bilmasa.

821 –  Modda: Ijozasiz kiyimni kiyish haromligini bilgan kishi bu kiyim namozni buzishini bilmasa, chunonchi bilib turib kiyim bilan namoz o’qisa namozi buzilishi vojib. Bu namozini muboh kiyim bilan qayta o’qishi lozim.

822 –  Modda: Kiyimining ijozasiz yo’li bilan qo’lga keltirilganini bilmasa yo unutib bu kiyim bilan namoz o’qisa namozi buzilmaydi. Ammo bu kishining o’zi bu kiyimni ijozasiz olib, ijozasiz olganini unutsa namozini buzilishi vojib. Bu namozni muboh kiyim bilan qayta o’qishi lozim.

823 –  Modda: Ijozasiz narsa – xoh (tasbih, ro’molcha va h.kazolardek) kichik bo’lsin, xoh katta – namozxon bilan birga bo’lsa namozini buzmaydi.

824 –  Modda: Kishi jonini saqlab qolishi yo masalan: o’ghri ijozasiz narsani olib ketmasligi uchun ijozasiz kiyim bilan namoz o’qisa namozi buzilmaydi.

825 –  Modda: Kiyimning ijozasiz yo’li bilan topilganini bilmasa yo unutsa va namoz o`rtasida esiga tushsa – chunonchi egnida avratini to’sadigan boshqa narsa bo’lsa va namozning ketma- ketligi buzilmaydigan qilib ijozasiz  kiyimni tezlik bilan egnidan chiqarsa – namozi to’ghri, buzilmaydi. Namozini davom ettirib tugatsin. Ammo egnida avratini to’sadigan boshqa kiyimi bo’lmasa yo ijozasiz  kiyimni tezda chiqarib ulgurmasa yoki uni yechis namozning ketma- ketligini buzsa – hatto bir rakaat o’qishga vaqt qolgan bo’lsa – namozini buzib muboh kiyimi bilan namozi qayta o’qisin. Ammo shu miqdorda ham vaqti bo’lmasa kiyimini yechib namozini (yalanghochlar to’ghrisida) aytib o’tilgan moddalar asosida o’qisin.

826 –  Modda: Zakoti yo xumsi to’lanmagan pulning o’zi bilan kiyim sotib olsa, bu kiyim ijozasiz kiyimning hukmida bo’ladi. Ya’ni bu kiyim ham namozni buzadi. Chunonchi kiyimni nisya yo qarz qilib olsa ammo pulini, zakot va xumsi to’lanmagan pul yo harom moldan berishni niyyat qilgan bo’lsa bu kiyimda ham namoz buziladi.

uchinchi shart

827 –  Modda: Nomozxonning kiyimi qoni sachraydigan o’lik hayvonning a’zolaridan bo’lmasligi kerak. baliqdek qoni sachraydigan go’shti halol o’lik hayvonning a’zolaridan tayyorlangan kiyim bilan namoz o’qimaslik mustahab.

828 –  Modda: O`lik hayvonning jondor a’zolari(masalan: terisi yo go’shti)dan biri namozxon bilan birga bo’lsa – Hatto mazkur a’zo namozxon kiyimi bo’lmasa – namozi buziladi.

829 –  Modda: O`lik hayvonning jonsiz a’zolari (masalan: sochi yo juni) dan biri namozxon bilan birga bo’lsa – Hatto mazkur a’zodan namozxon kiyimi tayyorlangan bo’lsa – namozi buzilmaydi.

830 –  Modda: Ijozasiz va o`lik hayvommdan tayyorlangan kiyimdan bo’lak kiyimi bo’lmasa, kiyim kiyishga majbur bo’lmasa, namozini (yalanghochlar to’ghrisida) aytib o’tilgan moddalar asosida o’qisin.

To’rtinchi shart

831 –  Modda: Namozxonning kiyimi go’shti harom hayvondan bo’lmasligi lozim. Bu hayvonning hatto sochi namozxon bilan birga bo’lsa namozi buziladi.

832 –  Modda: Go’shti harom hayvonning oghiz yo burun suvi yo boshqa namligi namozxon kiyimi yo egnida bo’lsa, chunonchi ho’l bo’lsa namoz buziladi. Ammo qurib namlikning o’zi qolmagan bo’lsa namozi buzilmaydi.

833 –  Modda: Namozxonning kiyimi yo egnida boshqa kishining sochi, teri yo oghiz suvi bo’lsa namozi buzilmaydi. Shuningdek, marvorid, asal va mumiyo bo’lsa ham namozi buzilmaydi.

834 –  Modda: Kiyim, go’shti halol yo harom hayvondan tayyorlangani bilinmsa shak qilsa, bu kiim o`zlarida tayorlangan bo`lsa xoh chetda kiritilgan bo`lsa mazkur kiyim bilan namoz o’qish joiz.

835 –  Modda:

836 –  Modda: O`lmaxon terisi bilan namoz o’qish joiz. Ammo olmaxon terisi bilan namoz o’qimaslik vojib.

837 –  Modda: Go`shti halol yo harom hayvondan tayyorlanganini bilmagan kiyim bilan namoz o’qish joiz. Ammo qaysi hayvondan tayyorlanganini unutgan bo’lsa namozini qayta o’qishi vojib.

838 –  Modda: Yasama charmlardan tayyorlangan kiyim bilan namoz o’qish joiz. Shuning uchun: kiyim yasama charmdan yo haqiqiy teridan tayyorlanganini bilmasa, bu kiyim bilan namoz o’qish joiz. Shuningdek, kiyim go’shti harom yo o’lgan hayvon yo go’shti halol va pok hayvonning terisidan tayyorlanganini bilmasa, namoz o’qish joiz!

839 –  Modda: Go’shti harom hayvonning terisidan tayyorlangan kiyimdan bo’lak kiyimi bo’lmagan kishi kiyim kiyishga majbur bo’lsa, shu kiyim bilan namoz o’qib biladi. Chunonchi kiyim kiyishga majbur bo’lmasa namozini (yalanghochlar to’ghrisida) aytib o’tilgan moddalar asosida o’qisin. Shuningdek, mazkur kiyim bilan ham bir marta namozini o’qishi vojib.

Beshinchi va oltinchi shartlar

840 –  Modda: Tarkibida oltin bo’lgan kiyimni kiyishlik erkak uchun harom. Haromligiga qaramay namozni shu kiyim bilan o’qisa, namozi buziladi. Ammo ayol uchun – xoh namozda bo’lsin, xoh namoz tashqarisida bo’lsin – harom emas.

841 –  Modda: Oltin bilan bezanish (masalan: tilla soat yo turli zanjir va uzuklarni taqish) erkak uchun harom. Va shular bilan nomoz o`qisa nomozi buziladi. Shuningdek, oltin aynakdan ham saqlansin. Ammo ayollar uchun oltin bilan bezanish namozda va namoz tashqarisida harom emas.

842 –  Modda: Bilmasligi yo unutgani tufayli oltinda namoz o’qisa namozi buzilishi vojib.

843 –  Modda: Oltin bilan bezanish yo tarkibida oltin bo’lgan kiyimni – xoh ichki kiyim bo’lsin, xoh tashki kiyim bo’lsin – kiyish erkak uchun harom. Shu bois erkakning maykasi tarkibida tilla bo’lsa yo bo’ynida oltin zanjir taqqan bo’lsa – hatto ko’rinmasa ham – namozi buziladi.

844 –  Modda: Erkak namozxonning kiyimi xolis ipakdan bo’lmasligi lozim. Shuningdek, do’ppidek yakkaligida inson avratini to’smaydigan narsa xolis ipakdan bo’lmasligi vojib ya’ni namozni buzadi. Namoz tashqarisida ham buni kiyish erkak uchun harom.

845 –  Modda: Kiyim astarining barchasi yo ma’lum bir miqdori xolis ipakdan bo’lsa erkak uchun kiyishi harom. Naozni ham buzadi.

846 –  Modda: Uzuk yo tilla zanjir erkak cho’ntagida bo’lishi harom emas. Namozni ham buzmaydi.

847 –  Modda: Xolis ipakdan tayyorlanganiga shubha bo’lgan kiyim bilan namoz o’qish joiz. Bunday kiyimni kiyish ham joiz.

848 –  Modda: Ipak ro’molcha erkak cho’ntagida bo’lishi harom emas. Namozni ham buzmaydi.

849 –  Modda: Ayol namozda va namoz tashqarisida ipak kiyim kiyishi joiz.

850 –  Modda: Ijozasiz, xolis ipak, oltin va o`lik hayvondan tayyorlangan kiyimni nochorlikda kiyish joiz. Kiyim kiyishga majbur bo’lgan kishining aytib o’tilgan kiyimlardan bo’lak kiyimi bo’lmasa – namozning oxirgi vaqtigacha nochorligi bartaraf bo’lmasa  – mazkur kiyim bilan namoz o’qishi joiz.

851 –  Modda: Erkak namozxonning kiyimi ipak va ipakdan boshqa matodan tayyorlangan bo’lsa – agar bu matoda namoz o’qish joiz bo’lsa – namoz o’qish joiz. Ammo ipakdan boshqa mato hisobga olinmas darajada oz bo’lsa, bu kiyimda namoz o’qish erkak uchun joiz emas.

852 –  Modda: Erkakning ipak va tilladan tayyorlangan kiyimidan bo’lak kiyimi bo’lmasa va kiyim kiyishga majbur bo’lmasa namozini (yalanghochlar to’ghrisida) aytib o’tilgan moddalar asosida o’qisin.

853 –  Modda: Avratini namozda to’sadigan kiyimi bo’lmasa sotib olish yo vaqtinchalik olish farz. Lekin bunday kiyimni sotib olishga qurbi yetmasa va bu kiyimni sotib olish bilin o’ziga zarar yetkazsa namozini (yalanghochlar to’ghrisida) aytib o’tilgan moddalar asosida o’qisin.

854 –  Modda: Kiyimi bo’lmagan kishiga birov kiyim sovgha qilsa yo vaqtinchalik bersa – chunonchi uni qabul qilishning odatda chidab bo’lmas mashaqqati bo’lsa – bu kiyimni qabul qilish lozim. Balki, odatda chidab bo’lmas qiyinchiligi bo’lmasa birovdan kiyimni vaqtincha berib turishi yo uni sovgha qilishi lozim.

855 –  Modda: Inson taniqlik kiyimdan saqlanishi vojib. Taniqlik kiyimning rangi, matosi yo tikilishi uni kiyadigan kishiga oddiy hisoblanmaydi. Bunday kiyimdan saqlanishi kerak. ammo bu kiyim bilan namoz o’qisa namozi buzilmaydi.

856 –  Modda: “Taniqlik kiyimi”: urfu- odatda jirkanch bo’lib ko’rgazma boladigan yo rangi yoki moddasi yoxud tikilishi tomonidan sha’niga mos kelmaydigan kiyimga taniqlik kiyimi deyiladi.

857 –  Modda: Erkak ayollar kiyimini, ayollar erkaklar kiyimini kiymasliklari vojib. Ya’ni: erkak, boshqalar “unga qarang! Ayollar kiyimini kiyibdi” deydigan kiyimni kiymasligi kerak. ayollar uchun aksincha. Shu bois erkak faqat ayol (va ayol erkak) poyafzalini kiyish harom emas. Ammo bu kiyim bilan namoz o’qisa namozi buzilmaydi.

858 –  Modda: Avratini to’sadigan kiyimi bo’lmagan kishi namozning oxirgi vaqtigacha kiyim topilib qolishi mumkinligini bilsa namozni o’sha vaqtgacha orqaga tashlashi va topilganidan so’ng o’sha kiyim bilan namozini o’qishi vojib.

859 –  Modda: Yotib namoz o’qiydigan kishi yalanghoch bo’lsa va uning choyshabi yo to`shaki najas yo go’shti harom hayvonning a’zolaridan tayyorlangan bo’lsa, namozda ular bilan o’zini to’smasligi vojib.

namozxonning kiyimi yo badanining pok bo’lishi shart bo’lmagan o’rinlar

860 –  Modda: Qo’yidagi uch o’rinda namozxonning kiyimi yo badanining pok bo’lishi shart emas:

Birinchi: badanidagi yara, jarohat yo … tufayli kiyimi yo badani qonga bo’yalgan bo’lsa.

Ikkinchi: badani yo uning kiyimi bir dirhamdan ozroq miqdorda qonga bo’yalgan bo’lsa. (861 – moddada aytib o’tilgan qondan bo’lak)

Uchinchi: qonga bo’yalgan badan yo kiyim bilan namoz o’qishga nochor va majbur bo’lsa.

Qo’yidagi ikki o’rinda namozxonning faqat kiyimi najasga bo’yalgan bo’lsa namoz o’qishi joiz:

Birinchi: uning qo’lqop va paypoghidek kichik kiyimlari najas bo’lsa.

Ikkinchi: kichik bolaga qaraydigan ayolning kiyimi najas bo`lsa.

Bu besh o’rin keyingi moddalarda kengaytirilib bayon etiladi:

861 –  Modda: Namozxonning badani yo kiyimida qon, jarohat yo chaqqa yara bo’lsa, chunonchi badan yo kiyimni yuvish yo kiyimni almashtirish ko’pchilik kishilar yo kishining o’ziga qiyin bo’lsa, yarasi, jarohati yo chaqqa yara si tuzalguncha o’sha qon bilan namoz o’qishi joiz. Shuningdek, qon bilan chiqqan yirinning yo yara ustiga qo`yilgan dori najaslanib badan yo kiyimga tekkan bo’lsa.

862 –  Modda: Namozxon badani yo kiyimidagi tezda bitadigan yara yo kesilgan (joy) ning qonini yuvish oson bo’lsa va hajmi bir dirham yo undan ko’proq bo’lsa namozi buziladi.

863 –  Modda: Yaradan uzoqroqdagi badan yo kiyimning ma’lum miqdori yara namligi bilan najaslansa, bu bilan namoz o’qish joiz emas. Ammo badan yo kiyimning odatda yara namligi bilan bulghalanadigan ma’lum miqdori najaslansa, bu bilan namoz o’qish joiz.

864 –  Modda: Oghiz va burun qoni badan qonining hukmida emas. Kiyim va badan u qon bilan najaslansa bir dirhamdan ozroq bo’lsagina namoz o’qish joiz. Ammo bavosil- gemorroyning qoni badan yarasining qoni hukmida. Bu qon bilan namoz o’qish joiz.

865 –  Modda: Badani yaralangan kishi kiyimi yo egnida qon ko’rsa ammo “yara qonimi yo boshqa qon”ligini bilmasa namoz o’qish joiz.

866 –  Modda: Bir necha yara badanning ma’lum bir qismida bo’lsa va ular bir- biriga “bir yara” degunchalik yaqin joylashgan bo’lsa, barcha yaralar bitguncha ularning qoni bilan namoz o’qish joiz. Ammo “bir yara” deb bo’lmas miqdorda bir- biridan uzoqda bo’lsa har qaysisi tuzalib bitsa kiyim va badanni uning qonidan namoz uchun yuvish lozim.

867 –  Modda: Igina uchidek hayz qoni namozxonning badan yo kiyimda bo’lsa namoz buziladi. Nifos va istehoza qoni namozxonning badan yo kiyimda bo’lmasligi vojib. Go’shti harom hayvonning qonidan saqlanish yaxshiroq. Ammo boshqa qonlar (masalan: inson badani yo go’shti halol hayvonnig qoni) garchi badan va kiyimning turli yerlarida bo’lsa, yighindisi bir dirham bo’lmaguncha u bilan namoz o’qish joiz.

868 –  Modda: Astarsiz kiyimga qon to’kilib ostiga o’tsa bir qon hisoblanadi. Ammo uning osti alohida qonga bulghalansa har qaysini alohida nazarga olish kerak. demak, kiyim usti va ostidagi qon yighindisi bir dirhamdan ozroq bo’lsa u bilan namoz o’qish joiz, ko’proq bo’lsa joiz emas.

869 –  Modda: Astarli kiyimning ustiga qon to’kilib astariga yuqsa (yo teskarisi bo’lsa) har birini alohida hisoblash kerak. demak, kiyim usti va astaridagi qon yighindisi bir dirhamdan ozroq bo’lsa u bilan namoz o’qish joiz, ko’proq bo’lsa joiz emas.

870 –  Modda:

871 –  Modda: Kiyim yo badan qonli bo’lmasa ammo qonga tekkani sabab najas bo’lsa garchi najaslangan miqdor bir dirhamdan ozroq bo’lsa namoz o’qish joiz emas.

872 –  Modda: Kiyim yo badanda bo’lgan qon bir dirhamdan ozroq bo’lsa ammo boshqa najas narsa (masalan: bir tomchi siydik) unga tegsa, u bilan namoz o’qish joiz emas.

873 –  Modda: Namozxonning do’ppi, paypoq va qo’lqopdek avratni to’la to’smaydigan kichik kiyimlari najaslansa, – chunonchi o`lik hayvon va go’shti harom hayvondan tayyorlanmagan bo’lsa – ular bilan namoz buzilmaydi. Shuningdek, najaslangan uzuk va aynak bilan namoz o’qisa namozi buzilmaydi.

874 –  Modda: Avratni to’sadigan najas narsa namozxon bilan bo’lmasligi vojib. Ammo ro’molcha, kalit, pul va pichoqdek avratni to’smaydigan najas narsa namozxon bilan bo’lishi joiz.

875 –  Modda:

Namozxonning kiyimida sunnat bo’lgan narsalar

876 –  Modda: Dumli salla, abo ( xususan imom uchun), oq va eng toza kiyimni namozda kiyish sunnat. Yoqimli hid va aqiqli uzukni namozda taqish ham sunnat.

Namozxonning kiyimida makruh bo’lgan narsalar

Qora, iflos, tor kiyimni kiyish namozxon uchun makruh. Aroqxo’r, najasdan o’zini tiymaydigan kishilarning kiyimini kiyish ham u uchun makruh. Betning rasmi bosilgan kiyimni kiyish ham u uchun makruh. Shuningdek, kiyimning tugmalari ochiq bo’lishi va betning rasmi bosilgan uzukni taqish u uchun makruh.