Azon va iqomat 

933 –  Modda: Erkak va ayolga kundalik namozlardan oldin azon va iqomat aytish sunnat. Iydi fitr va iydi qurbon namozlaridan oldin uch marta “Assolah” deb aytish sunnat. Boshqa farz namozlarda “Assolah” ni savob uchun aytish yaxshi.

934 –  Modda: Bola dunyoga kelgan kunidayoq (yo kindigi qurigancha) o’ng quloghiga azon va chap quloghiga iqomat aytish sunnat.

935 –  Modda: Azon o’n sakkiz (18) gapdan iborat:

 

Arabcha

Karra

O’zbekcha tarjimasi

1

Allohu akbar.

4 marta

Alloh buyukroq.

2

Ashhadu an la ilaha illalloh.

2 marta

Allohdan o’zga iloh yo’qligiga guvohlik beraman.

3

Ashhadu anna Muhammadan rosululloh.

2 marta

Muhammad Alloh elchisi bo’lganiga guvohlik beraman.

4

Hayya alas solah.

2 marta

Namozga shoshiling

5

Hayya alal falah.

2 marta

Rastgorlikka shoshiling

6

Hayya ala xoyril amal.

2 marta

Eng yaxshi amal tomon shoshiling

7

Allohu akbar.

2 marta

Alloh buyukroq.

8

La ilaha illalloh.

2 marta

Allohdan o’zga iloh yo’q

Iqomat o’ng yetti (17) gapdan iborat:

 

Arabchasi

Karra

O’zbekcha tarjimasi

1

Allohu akbar.

2 marta

Alloh buyukroq.

2

Ashhadu an la ilaha illalloh.

2 marta

Allohdan o’zga iloh yo’qligiga guvohlik beraman.

3

Ashhadu anna Muhammadan rosululloh.

2 marta

Muhammad Alloh elchisi bo’lganiga guvohlik beraman.

4

Hayya alas solah.

2 marta

Namozga shoshiling

5

Hayya alal falah.

2 marta

Rastgorlikka shoshiling

6

Hayya ala xoyril amal.

2 marta

Eng yaxshi amal tomon shoshiling

7

Qad qomatis solah

2 marta

Namoz boshlanib qoldi.

8

Allohu akbar.

2 marta

Alloh buyukroq.

9

La ilaha illalloh.

1 marta

Allohdan o’zga iloh yo’q

936 –  Modda: “Ashhadu anna Aliyyan valiyulloh” azon va iqomat gaplaridan hisoblanmaydi! Ammo savob uchun “ashhadu anna Muhammadan rosululloh” dan so’ng aytilishi yomon emas.

937 –  Modda: Azon va iqomat gaplari orasida juda kop to’xtash bo’lmasin. Ularning orasida oddiy holatdan ko’proq to’xtab qolinsa, qayta aytishi kerak.    

938 –  Modda: Azonni o’yin-kulgi davralarida aytiladigan ashula va qo’shiq kabi aytish harom, azon buziladi.

939 –  Modda: Namoz oldingi namoz bilan birga o’qilsa azoni aytilmaydi. Xoh bu ikki namozni birga o’qish sunnat bo’lsin, xoh sunnat bo’lmasin. Shuning uchun qo’yidagi o’rinlarda azon aytilmaydi:

a.      Juma kunidagi Asr nomozining azoni. Bu asr nomozi juma yo peshin namozi bilan birga o’qilsa (farq qilmaydi).

b.      Arafa (= to’qqizinchi zilhijja) kunidagi Asr namozining azoni. Peshin namozi bilan birga o’qilsa.

c.      Iydi qurbon kuning xuftan namozi. Mash’arul haromda qolib xuftanni shom namozi bilan birga o’qiydigan kishi uchun. Yuqorida aytib o’tilgan uch o’rinda namozni birga o’qish sunnat.

d.      Istehoza ko’rayatgan ayolning Asr va xuftan namozlari. Bu ikki namozni peshin va shom namozidan so’ng tezda o’qishi kerak.

e.      Kal- axlati va siydigi oldini olib bilmaydigan kishining xuftan va asr namozi.

Bu besh o’rinda namozlar orasida to’xtash- fosila bo’lmagan taqdirdagina azon aytilmaydi. Sunnat va mustahab namozlarni o’qish bilan to’xtash- fosila vujudga keladi.

940 –  Modda: Jamoat namozi uchun azon va iqomat aytilgan bo’lsa shu jamoat bilan namozini o’qiydigan kishi o’z namozlari uchun – azon va iqomatni eshitmagan yo aytilgan paytda u yerda bo’lmagan bo’lsa ham – azon va iqomat aytmasligi kerak.

941 –  Modda: Namoz o’qish uchun masjidga chiqsa ammo jamoat namozi yakunlangan bo’lsa – namozxonlar tarqalib ularning qatori buzilmagan,  jamoat namozi uchun azon va iqomat aytilgan bo’lsa – o’z namozi uchun azon va iqomat aytib bilmaydi.

942 –  Modda: Jamoat bilan namoz o’qiyatgan kishilar makonda yo ularning namozi endigina tugab qatorlari buzilmagan bo’lsa inson yolghiz o’zi yo boshqa jamoat bilan namoz o’qimoqchi bo’lsa qo’yidagi besh shart bilan azon va iqomat aytilmaydi:

a.      Birinchi jamoat namozi uchun azon va iqomat aytilgan bo’lsa.

b.      Birinchi jamoat namozi buzilmagan bo’lsa.

c.      Uning namozi jamoat namozi bilan bir yerda bo’lsa. Demak jamoat namozi masjid ichida o’qilgan bo’lsa, u namozini masjid ustida o’qimoqchi bo’lsa azon va iqomat aytishi sunnat.

d.      U va Jamoat namozi – har ikkalasi – ado namozi bo’lsa.

e.      Uning namozi bilan jamoat namozining vaqti bir bo’lsa. Misol: har ikkalasi peshin namozini yo har ikkalasi asr namozini o’qisalar. Yo jamoat o’qigan namoz peshin va u o’qimoqchi bo’lgan namoz asr bo’lsa. Yo jamoat o’qigan namoz asr va u o’qimoqchi bo’lgan namoz peshin bo’lsa.

943 –  Modda: Yuqorida aytilgan shartlarning ikkinchisida – jamoat namozi buzildimi yo yo’qmi deb – shak qilsa azon va iqomat aytmaydi. Ammo qolgan to’rt shartda shak qilsa azon va iqomatni savob uchun aytishi yaxshiroq.

944 –  Modda: Boshqa birovning azon va iqomatsini eshitayotgan kishiga uning gaplarini takrorlashi sunnat. Ammo “hayya alas solah” dan “hayya ala xoyril amal” gacha bo’lgan gaplarni savob uchun takrorlasin.

945 –  Modda: Boshqa birovning azon va iqomatsini eshitgan kishi – xoh u bilan azonni takrorlagan bo’lsin, xoh takrorlamagan bo’lsin – azon va iqomat bilan o’qiydigan namozi orasida uzoq to’xtash- fosila tushmagan bo’lsa o’z namozi uchun azon va iqomat aytmasligi joiz.

946 –  Modda: Erkak kishi ayol kishining azonini lazzat niyyati bilan eshitsa azon soqit bo’lmaydi. Ayolning azonini lazzat niyyatisiz eshitsa ham azon soqit bo’lmasligi vojib. Alyol erkak kishining azonini eshitsa azon undan soqit bo’ladi.

947 –  Modda: Jamoat namozining azon va iqomatsini erkak kishi aytishi kerak.

948 –  Modda: Iqomat azondan so’ng aytilishi kerak. Azondan oldin aytilsa buziladi.

949 –  Modda: Azon va iqomat gaplarini tartibsiz aytsa – misol: “hayya alal falah” ni  “hayya alas solah” dan oldin aytib qo’ysa – tartib buzilgan joyiga ketib tartib bilan davom ettirsin.

950 –  Modda: Azon va iqomat o’rtasida juda ko’p to’xtalmasin. Ular o’rtasida haddan tashqari to’xtalsa – ya’ni aytilgan azon bu iqomatning azoni emas deyish miqdorida to’xtalsa – azon va iqomatni qayta aytish sunnat. Shuningdek azon, iqomat va namoz o’rtasida haddan tashqari to’xtalmaslik kerak. Juda ko’p to’xtalsa – ya’ni aytilgan azon va iqomat bu namozning azon va iqomatsi emas deyish miqdorida to’xtalsa –  qayta azon va iqomat aytish sunnat.

951 –  Modda: Azon va iqomat to’ghri arab tilida aytilishi kerak. Demak, arab tilida noto’ghri aytilsa yo bir harf o’rniga boshqa harfni talaffuz qilsa yo ularning tarjimasini o’zbek va shu kabi tilda aytsa azon va iqomatsi to’ghri emas.

952 –  Modda: Azon va iqomat namoz vaqti bo’lganidan so’ng aytilishi kerak. Shu uchun qastdan yo unutgani tufayli vaqtidan oldin aytilsa buziladi.

953 –  Modda: Iqomat aytilishi oldidan “azon aytilganmi yo’qmi” deb shak qilsa azon aytsin. Iqomatni aytayotgan paytida “azon aytilganmi yo’qmi” deb shak qilsa azon aytish lozim emas.

954 –  Modda: Azon yo iqomat asnosida (o`rtasida) boshga gapni aytmasdan ilgari “undan oldingi gapni aytdimmi yo’qmi” deb shak qilsa shak qilgan gapini qayta aytishi kerak. Biroq bir gapni ado etayotgan paytda “bundan oldingi gapni ado qildimmi yo’qmi” deb shak qilsa oldingi gapni qaytarish kerak emas.

955 –  Modda: Azon aytish paytida qibla tomon yuzlanish sunnat. Tahorat yo ghusli bo’lishi sunnat. Qo’llarini quloghiga qo’ysin. Tovushini baland qilsin.. Azon gaplari orasida qisqacha to’xtalsin. Azon gaplari orasida gapirmasin.

956 –  Modda: Iqomat aytish paytida inson badani orom bo’lishi sunnat. Iqomatni azondan pastroq aytish va gaplarini bir- biriga yopishtirmaslik kerak. Ammo azon gaprali orasida to’xtalgan qadar to’xtalmaslik kerak.

957 –  Modda: Azon va iqomat oralighida bir qadam yurishi yo ozgina o’tirishi yoki sajda qilishi, yoki zikr aytishi yo duo qilishi yoki ozgina gapirmay tinch o’tirishi, ikki rakaat namoz o’qishi sunnat. Ammo bomdod nomozining azon va iqomati mobaynida gapirish va shom namozining azon va iqomati o`rtasida namoz o’qish sunnat emas.

958 –  Modda: Azonchining adolatli, tovushi baland va nomoz vaqtini taniydigan bo’lishi sunnat. Azonni baland yerdan aytsin ammo mikrafon bilan aytsa baland yerda bo’lishi kerak emas.

959 –  Modda: Azon va iqomatni radio, magnitafon va shu kabi uskunalardan eshitish namoz uchun kifoya qilmaydi! Namozxonlar namozlari uchun azon aytishlari kerak.

960 –  Modda: Azon va iqomatni namoz niyyati bilan aytish vojib. Vaqt kirishini anglatish niyyati bilan aytilgan azon to’ghri hisoblanmaydi.

961 –  Modda: Azon va iqomatni yolghizlikda namoz o’qish uchun aytganidan so’ng bir jamoat undan imom bo’lishni talab qilsa yo imomdan ergashib namozini jamoat bilan o’qimoqni xohlasa aytilgan azon va iqomat kifoya qilmaydi. Azon va iqomatni qayta aytish sunnat.