Uylanish hukmlari

Uylanish orqali ayol erkakka halol bo’ladi.

Uylanish ikki (2) turga bo’linadi:

  1. vaqtli uylanish.
  2. vaqtsiz uylanish.

Vaqtli uylanish: uylanish muddati muayyan qilingan, aniqlangan uylanishga vaqtli uylanish deyiladi. Masalan: bir (1) soat yo bir kun yoki bir yil dan ortiqroq vaqtga ayol bilan uylansa, bunday uylanishga vaqtli uylanish deyiladi.

Vaqtsiz uylanish: uylanish muddati muayyan qilinmagan, aniqlanmagan uylanishga vaqtsiz uylanish deyiladi.

Doimiy turmush o’rtoq: vaqtsiz uylanish orqali olingan ayol.

Vaqtinchalik turmush o’rtoq: vaqtli uylanish orqali olingan ayol.

uylanish hukimlari

2483- modda:              Uylanishda (xoh vaqtli uylanish bo’lsin, xoh vaqtsiz bo’lsin), uylanish duosi o’qilishi farz! Erkak bilan ayolning roziliklari kifoyat qilmaydi. Uylanish duosini, erkak va ayolning o’zlari oqishlari mumkin. Ammo (turli sabablar tufayli o’zlari o’qimasalar,) boshqa kishini uylanish duosini o’qishi uchun vakil qila oladilar.

2484- modda:              Bu duoni oqiydigan kishi erkak bo’lishi lozim emas! Ayol kishi ham vakil bo’lib o’qiy oladi.

2485- modda:              Er- xotin, vakillari uylanish duosini oqiganiga ishonch hosil qilmagan bo’lsalar, mahramchilik (er- xotinlik) robitalarini barqaror qila olmaydilar. Hatto, uning bu duoni o’qiganini gumonsirasalar-da, bunday aloqani amalga oshira olmaydilar. Ammo, vakqilning o’zi “ uylanish duosini o’qidim” deb iqror qilsa, kifoyat qiladi.

2486- modda:              ...

2487- modda:              bir kishi, uylanish (xoh vaqtli, xoh vaqtsiz uylanish) duosini o’qish uchun, ham erkak va ham ayol tarafidan vakil bo’la oladi. Shuningdek, kishi, ayol tarafidan vakil bo’lib, u bilan o’zi vaqtli yo vaqtsiz uylana oladi. Ammo bunday o’rinda duoni har ikkalasi o’qishi mustahab.

Vaqtsiz uylanish duosining o’qilish tarzi

2488- modda:              vaqtsiz uylanish duosini erkak va ayolning o’zlari o’qisalar, birinchi bo’lib ayol bunday deydi:
men, ma’lum mahriya bilan o’zimni senga uylantirdim
erkak ham tezda qo’yidagicha desin:
bu uylanishni qabul qildim”. Bunday deyishlari bilan uylanish tugallanadi. Ammo, ular boshqa bir kishini vakil qilsalar, ayolning vakil bunday deydi:
meni o’z vakili qilgan Mohigulni (Mohigul o’rniga ayolning ismi aytilsin), seni o’zining vakili qilgan Ahmadga (Ahmad o’rniga erkakning ismi aytilsin),  ma’lum mahriya bilan uylantiridim.”
erkakning vakili tezlik bilan qo’yidagicha deb aytadi:
meni o’z vakili qilgan Ahmad uchun ma’lum mahriya bilan qabul qildim

Vaqtli uylanish duosining o’qilish tarzi

[boshqa kishining shohid bo’lishi va ayolning hayzdan pok bo’lishi, vaqtli uylanish duosida lozim emasdir.]

2489- modda:              vaqtli uylanish duosini erkak va ayolning o’zlari o’qimoqchi bo’lsalar, mahriya va uylanish muddati aniqlangandan so’ng birinchi bo’lib ayol bunday deydi:
men, ma’lum mahriya bilan aniqlangan vaqtgacha o’zimni senga uylantirdim
erkak ham tezda qo’yidagicha desin:
qabul qildim”. Bunday deyishlari bilan uylanish tugallanadi. Ammo, ular boshqa bir kishini vakil qilsalar, ayolning vakil bunday deydi:
meni o’z vakili qilgan Mohigulni (Mohigul o’rniga ayolning ismi aytilsin), seni o’zining vakili qilgan Ahmadga (Ahmad o’rniga erkakning ismi aytilsin),  ma’lum mahriya bilan aniqlangan vaqtgacha uylantiridim.”
erkakning vakili tezlik bilan qo’yidagicha deb aytadi:
bu uylanishni, meni o’z vakili qilgan Ahmad uchun qabul qildim

duo shartlari

2490- modda:              uylanish duosida qo’yidagilar shart:

1.    arab tilida to’ghri o’qilishi kerak. Ammo erkak va ayol arab tilida to’ghri o’qiy olmasalar, arab tilida to’ghri o’qib biladigan kishini vakil qilishlari mustahab. O’zlari o’qimoqchi bo’lsalar, “zavvajtu” “qabiltu” so’zlarining ma’nolarini yetkazadigan so’zlardan qo’llashsin.

2.    erkak, ayol yo ularning vakillari, duoni o’qishdan maqsadlari “vujudga keltirish” bo’lishi lozim.
Ya’ni erkak va ayol, o’zlari duoni o’qisalar, ayol o’zining ”men, ma’lum mahriya bilan o’zimni senga uylantirdim” gapi bilan, o’zini erkakning turmush o’rtoghi bo’lishini niyyat qilgan bo’lishi lozim. Shuningdek, erkak o’zining  “bu uylanishni qabul qildim”so`zi bilan, bu ayolni o’zining turmush o’rtoghi ekanligini qabul qilishi lozim.
ularning vakillari duoni o’qisalar, “uylantirdim, qabul qildim” so’zlaridan maqsadlari, ularni o’zlarining vakillari qilgan erkak va ayolning er-xotin qilishni qasd qilgan bo’lishlari lozim.

3.    uylanish duosini o’qiydigan kishining baloghatga yetgan bo’lishi lozim emas! Balki aytadigan so’zining ma’nosini bilsa yetadi. Shu bois, baloghatga yetmagan (ammo yaxshi yomonni farqiga yetadigan) bola, uylanish duosini o’qisa, erkak va ayol, er- xotin bo`la oladilar.

4.    erkak va ayolning vakillari yo ularning valiylari duoni o’qimoqchi bo’lsalar, duo o`qayotganda, qaysi erkakni qaysi ayolga uylantirishlarini muayyan qilishlari, aniqlashlari lozim. Aniqlash, nomini olish yo unga ishora qilish bilan bo’ladi. Demak, bir necha qizli ota, erkakka “qizlarimdan birini senga uylantirdim” deganda erkak ham “bu uylanishni qabul qildim” desa, duo o’qilishda qiz muayyan bo’lmagani uchun, bu uylanish buziladi.

5.    erkak va ayol, uylanishga rozi bo’lishlari lozim!!! Ayol, ichida rozi bo’lsa ammo (uyalishi natijasida) tashqi roziligini qiyinchilik bilan bildirsa, uylanish buzilmaydi.

2491- modda:              Uylanish duosida bir harf o’zgarishi oqibatida duo mazmuni- ma’nosi o’zgarsa, uylanish buziladi.

2492- modda:              Arab tili grammatikasini bilmaydigan kishining o’qishi to’ghri bo’lsa, duodagi har bir so’zning ma’nosini bilsa va duo o’qishdan maqsadi “vujudga keltirish” bo’lsa, duoda har bir so’zdan uning ma’nosini qasd qilsa, uylanish duosini o’qib biladi! Ammo duoning umumiy ma’nosini qisqacha bilsa, o’qimasligi vojib.

2493- modda:              Erkak va ayolni, ularning ruxsatlari bo’lmagan holda bir- birlariga uylantirib qo’yilganlaridan so’ng bu uylanishga rozi bo’lsalar, uylanish sahih, buzilmaydi.

2494- modda:              Erkak va ayolni – yo ulardan birini – majburlab uylantirganlaridan so’ng “bu uylanishga rozimiz” desalar, uylanish sahih, buzilmaydi.

2495- modda:              Ota, ota otasi (= buva), o’ghil yo baloghatga yetmagan qizlari yo devonalik holida baloghatga yetgan ularga ta’luqli devonani uylantira oladilar. Bola baloghatga yetganidan so’ng, devona davolangandan keyin – bu uylanish ular uchun maslahatli bo’lsa – uylanishni buza olmaydilar. Ammo agar maslahatli bo’lmasa (= ziyonli bo’lsa), buzib- buzmaslik o’z extiyorlarida[1].

2496- modda:              Ota, ota otasi (= buva), baloghatga yetmagan o’ghlini uylantirsa, bola baloghatga yetganidan so’ng turmush o’rtoghining xarjini berishi lozim.

2497- modda:              Ota, ota otasi (= buva), baloghatga yetmagan o’ghlini uylantirsa, uylantirish vaqtida bolaning boyligi bo’lsa, ayolning mahriyasi bola bo’ynida. uylantirish vaqtida bolaning boyligi bo’lmasa va uylantirish vaqtida “ayolning mahriyasi ota yo ota otasi bo’ynida emas” deb kelishilmagan bo’lsa, ayolning mahriyasini ota yo ota otasi berishi kerak.

2498- modda:              Baloghatga yetgan qiz voyaga yetgan bo’lsa (ya’ni o’z foydasini bilsa), chunonchi bokira ham bo’lsa,turmush qurishi uchun ota yo ota otasidan ruxsat olishi vojib. ota yo ota otasi bo’lmasa onasi yo akasidan ruxsat olishi vojib emas!

2499- modda:              Otasi yo ota otasi, ulardan ruxsat olib bo’lmaydigan darajada ghoyib bo’lsalar, qiz ham turmush qurishga  muhtoj bo’lib qolgan bo’lsa, ulardan ruxsat olish lozim emas.
Shuningdek qiz, munosib yigitini topsa, yigit qiz uchun – urfiy va shar’iy – loyiq bo’lsa ammo otasi yo ota otasining ruxsat bermasligi o’rinsiz bo’lsa, ularning ruxsati kerak emas!
qiz bokira bo’lmsa, ularning ruxsati kerak emas! Uylanmay jinsiy aloqa natijasida bokiraligini qo’ldan bergan qiz ehtiyot qilib ulardan ruxsat so’rab qo’ysin.

2500- modda:              Ota va ota otasi musulmon bo’lmasa ammo voyaga yetgan bokira qizning o’zi musulmon bo’lsa, ularning ruxsati lozim emas.

Uylanishni buzib biladigan nuqsonlar

2501- modda:              Uylangandan so’ng ayolning qo’yidagi yetti (7) nuqsonli bo’lganini bilgan er yigit, – bu nuqsonlar uylanishdan oldin bo’lgan bo’lsa –uylanishni buza oladi.

1.    Devonalik

2.    Moxovlik (moxov kasalligi)

3.    Peslik (pes kasalligi)

4.    Ko’rlik

5.    ... (shalligi aniq ko’rinib turilgan shal ham shu hukmda)

6.    ifzolik...[2].

7.    ...

2502- modda:              Uylangandan so’ng erkakning qo’yidagi to’rt (4) nuqsonli bo’lganini bilgan ayol aqdni buza oladi

1.    erning devona bo’lishi. Ayol uylangandan so’ng erining uylanishdan oldin devona ekanligini bilsa yo uylangandan so’ng jinsiy aloqadan oldin yo keyin devona bo’lib qolsa, uylanishni buza oladi.

2.    erkakning yigitlik olati bo’lmasa. Ayol uylangandan so’ng erining olatsiz ekanligini bilsa yo uylangandan so’ng jinsiy aloqadan oldin kesilganligini bilsa, uylanishni buza oladi.

3.    jinsiy robitaga qodir bo’lmaslik. Ayol uylangandan so’ng erining jinsiy aloqada bo’la olmaslik kasalligiga duchor bo’lganini bilsa – bu kasallikka uylangansan so’ng va jinsiy aloqadan oldin duchor bo’lgan bo’lsa ham –  uylanishni buza oladi.

4.    erkak bichilgan bo’lsa, axta qilingan bo’lsa. Ayol uylangandan so’ng erining uylanishdan oldin bichilganligini bilsa, uylanishni buza oladi. aytib o’tilgan to’rt o’rinda ayol, taloqsiz erini tashlab ketishi mumkin! Ammo uchinchi (3-) holatda, ayol fiqh mutaxassisi yo vakili oldiga borishi kerak. Fiqh mutaxassisi, eriga bir yil muhlat beradi. Chunonchi bir yilgacha davolanmasa (ya’ni o’z xotini yo boshqa ayol bilan jinsiy aloqada bo’la olmasa), ayol uylanishni buza oladi. Erkakning olati jinsiy aloqadan so’ng kesilsa va ayol uylanishni buzsa, uylanish buzilmaydi. Ammo bunday holatda eri uchun undan ajralishi, taloghini berishi mustahab.

2503- modda:              Erkak yo ayol, 2501 va 2502- moddalarda aytilib o’tilgan nuqsonlar tufayli uylanishni buzsalar, taloqsiz, bir- birlaridan ajrishlari lozim.

2504- modda:              Ayol eridan jinsiy qodirsizlikka duchor bo’lgani bois ajralsa, eri ayolining mahriyasining yarmini berishi lozim. Ammo boshqa nuqsonlar tufayli uylanishni buzsalar – jinsiy aloqada bo’lmagan bo’lsalar – erkak ayolining mahriyasini bermaydi. jinsiy aloqada bo’lgan bo’lsalar, mahriyaning barchasini to’lashi lozim!

Uylanishi harom bo’lgan ayollar

2505- modda:              Insonga (ona, opa, qaynona va … lardek) mahram ayollar bilan uylanish harom!

2506- modda:              Erkak ayol bilan uylanishi oqibatida – hatto u bilan jinsiy aloqada bo’lmagan bo’lsa-da – qaynonasi, qaynonaning onasi (= kelinning buvisi), qaynotaning onasi (bu onalarning onasi ham tirik bo’lsa) erkakka mahram bo’ladi.

2507- modda:              Erkak, uylanganidan so’ng ayoli bilan jinsiy aloqada bo’lsa, ayolning qizi, qiz nevarasi (qizi va o’ghlining qizi) – xoh uylangan vaqtlarida dunyoga kelgan bo’lsin, xoh uylanganlaridan so’ng tughilgan bo’lsin – erkakka mahram bo’ladi.

2508- modda:              O’z xotini bilan jinsiy aloqada bo’lmagan bo’lsada, undan ajralmaguncha qizi bilan uylanib bilmaydi.

2509- modda:              Otaning ammasi va xolasi, buvaning ammasi va xolasi, onaning ammasi va xolasi va buvining ammasi va xolasi (har qancha yuqoriga cho’zilsa) erkakka mahram!

2510- modda:              erkakning Otasi va buvasi (har qancha yuqoriga cho’zilsa), o’ghil va o’ghl- qizining nevarasi (har qancha pastga cho’zilsa) – xoh uylanish vaqtida dunyoga kelgan bo’lsin, xoh so’ng tughilsin – turmush o’rtoghiga mahram.

2511- modda:              Erkak, turmush o’rtoghining singlisi bilan – opasidan ajralmaguncha – uylana olmaydi. Xoh Turmush o’rtoghi bilan vaqtli uylangan bo’lsin, xoh vaqtsiz!

2512- modda:              Erkak, “ Ajralish kitobi” da aytilgan tartibda “qaytish taloghi” bilan turmush o’rtoghidan ajralsa, ayol idda saqlab turgan vaqtida, singlisi bilan uylana olmaydi. “ajralish taloghi” bilan turmush o’rtoghidan ajralsa, singlisi bilan uylanmasligi mustahab.
erkak, Vaqtli uylangandan so’ng, ayol shu uylanish iddasida bo’lgan zamonda, singlisi bilan uylanmasligi vojib!

2513- modda:              Erkak, turmush o’rtoghi ruxsat bermasa, uning jiyani (= aka- ukasining qizi va opa- singlisining qizi) bilan uylana olmaydi. Ammo turmush o’rtoghidan ruxsat olmasdan ular bilan uylansa, keyinroq ayoli ruxsat bersa, uylanishi buzilmaydi.

2514- modda:              Ayol, erining uning jiyanlari bilan uylanishidan xabardor bo’lib indamaganidan so’ng rozi bo’lmasa, ularning uylanishlari buziladi. ayolning indamasligidan, uning qalban roziligi bilinsa ammo keyinroq rozi bo’lmasa, erkakning ulardan ajralishi vojib!

2515- modda:              Musulmon ayol musulmon bo`lmagan erkakka uylana olmaydi. Musulmon erkak ham, musulmon bo`lmagan ayol bilan vaqtsiz uylana olmaydi! Musulmon bo`lmagan ayol, yahudiy yo xristian bo’lsa vaqtsiz uylanmasligi vojib. Musulmon bo`lmagan ayol, yahudiy yo xristian bo’lsa vaqtli uylanish joiz!!!

2516- modda:              Musulmon ayoli bor erkak, yahudiy yo xristian ayoli bilan vaqtli uylana olmaydi. Ammo bular bilan vaqtli uylanishi juda oz bo’lsa (ikki xotinli deyilmaydigan darajada oz bo’lsa) ular bilan vaqtli uylanishi joiz!

2517- modda:              Erkak, o’z ammasi yo xolasi bilan jinsiy aloqada bo’lsa, qizlari bilan uylana olmaydi.

2518- modda:              Erkak, xola yo amma qizi bilan uylansa va ular bilan jinsiy aloqada bo’lishidan oldin xolasi yo ammasi bilan jinsiy aloqada bo’lsa, qizlaridan ajralishi vojib.

2519- modda:              Amma va xolasidan o’zga ayol bilan jinsiy aloqada bo’lsa (= zino qilsa), bu ayolning qizi bilan uylanmasligi vojib. Ammo, turmush o’rtoghi bilan jinsiy aloqada bo’lganidan so’ng qaynonasi bilan jinsiy aloqada barqaror qilsa, turmush o’rtoghi unga harom bo’lmaydi. Biroq, bu ayoldan uni taloq berib ajralganidan so’ng qayta u bilan uylana olmaydi! Shuningdek, ayoli bilan jinsiy aloqada bo’lishidan oldin, qaynonasi bilan bunday robitada bo’lib qolsa, ayolidan taloq bilan ajralishi vojib.

2520- modda:              Taloq iddasida bo’lgan ayol bilan jinsiy aloqa barqaror qilsa, bu ayol unga doimiy harom bo’lmaydi. Shu bois iddasi tugaganidan so’ng uylana oladi[3]. Ammo bu ayol iddada (xoh vaqtli uylanish iddasi bo’lsin, xoh vaqtsiz iddasida) bo’lganida u bilan uylansa – garchi uylanish buziladi – ayol unga hamisha harom bo’ladi[4].

2521- modda:              Fohishaligi tanilgan ayol bilan – tavba qilganligi ma`lum bo`lmasa– uylanmasligi vojib.

2522- modda:              Jinsiy aloqada bo’lgan (= zino qilgan) ayoli bilan uylanishi joiz! Ammo ayol hayz ko’rgunicha kutishi, so’ng u bilan uylanishi vojib. Shuningdek, boshqa erkak u bilan uylanmoqchi bo’lsa, kutishi vojib.

2523- modda:              Boshqa bir erkakdan ajralib shu ajralish iddasida bo’lgan ayol bilan uylansa, – chunonchi, erkak va ayol har ikkalasi yo ulardan biri ayolning iddasi tugallanmaganini bilsa va bunday ayol bilan uylanish harom ekanligini ham bilsa – hatto jinsiy aloqada bo’lmagan bo’lsalar ham, bu ayol, erkak uchun harom bo’ladi!

2524- modda:              Ayol bilan uylangandan so’ng uning iddada bo’lganligi ma`lum bo`lsa, – chunonchi, hech biri ayolning iddada bo’lganini bilmasa, shuningdek, hech biri bunday ayol bilan uylanish haromligini bilmasa – jinsiy aloqada bo’lgan bo’lsalar, bu ayol, erkak uchun harom bo’ladi!

2525- modda:              Erkak, erli ayol (= turmush o’rtoghi bor ayol) bilan uylansa, bu uylanish buziladi. Undan ajralishi lozim! Ajralgandan so’ng ham u bilan uylanmasligi lozim! Ammo ayolning eri borligini bilmay turib u bilan uylansa, u bilan jinsiy aloqada bo’lmagan bo’lsa, – garchi uylanish buziladi, ammo – bu ayol unga doimiy harom bo’lmaydi!

2526- modda:              Erli ayol, boshqa erkak bilan jinsiy aloqa barqaror qilsa, zino qilsa, o’z eriga harom bo’lmaydi. Chunonchi, zino beridigan taniqli fohishaga aylanib qolsa, unga taloq berib ajralish eriga vojib! Ammo mahriyasini berishi lozim! Bu ayol qilmishidan tavba qilsa (= qaytsa, zinoni tashlasa) haligi eri, u bilan uylana oladi!

2527- modda:              Taloq berilgan ayol va vaqtli uylanishda bo’lgan ayolning vaqti yakunlansa yo eri vaqtini baghshlasa, bir muddatdan so’ng uylansa, uylanganidan so’ng “ikkinchi erim bilan uylanganimda birinchi erim iddasini yakunlagan edimmi yo’qmi?” deb shaklansa, shak- shubhasiga diqqat bermasin!

2528- modda:              Baloghatga yetgan yigit, baloghatga yetmagan o’ghil bola bilan jinsiy aloqada bo’lsa – olati kirsa – o’ghil bolaning onasi, opasi va uning qizi haligi yigitga harom bo’ladi.

2529- modda:              Yitig, o’ghil bolaning onasi yo opasi bilan uylanib, u (o’z ayoli) bilan jinsiy aloqada bo’lganidan so’ng o’ghil bola bilan jinsiy aloqa barqaror qilsa, turmush o’rtoghi yigit uchun harom bo’lmaydi.ammo ayolidan taloq bilan ajralsa qayta u bilan uylanmasligi vojib[5].

2530- modda:              Erkak, “Ehrom: haj va umra amallaridan biri” holida bir ayol bilan uylansa, uylanishi buziladi. Chunonchi bu holatda uylanish haromligini bilgan bo’lsa, bu ayol bilan qayta uylana olmaydi (bu ayol unga doimiy harom bo’ladi).

2531- modda:              Ehromda bo’lgan ayol, ehromda bo’lmagan erkak bilan turmush qursa, uylanishi buziladi. Ayol, ehromda bo’lgan holda turmush qurish haromligini bilgan bo’lsa, hech qachon haligi erkak bilan turmush qura olmaydi  (farz)!

2532- modda:              Erkak, “Tavofun Niso: haj amallridan biri” ni bajarmasa ehrom kiyishi tufayli harom bo’lgan ayoli, unga halol bo’lmaydi. Shuningdek, ayol Tavofun Nisoni bajarmasa, eri unga halol bo’lmaydi. Ammo keyinroq Tavofun Niso amalini bajarishsa, bir- birlariga halol bo’ladilar.

2533- modda:              Erkak, baloghatga yetmagan qizga uylanib, to’qqiz (9) yoshga to’lmay turib u bilan jinsiy aloqa barqaror qilgani bois qiz ifzo bo’lsa, hech qachon u bilan jinsiy aloqada bo’lmasligi kerak!

2534- modda:              Uch (3) marta taloq berilgan ayol, eriga harom bo’ladi[6].

Vaqtsiz uylanish hukmlari

2535- modda:              Vaqtsiz uylanish orqali turmush qurgan ayol, erining ruxsatisiz uydan tashqariga chiqib bilmaydi. Barcha ma’muliy lazzatlar uchun o’zini eriga muhayyo qilishi lozim! Shariat man qilmagan hollarda Jinsiy aloqada bo’lishdan bosh tortmasligi farz! bularga amal qilsa, ovqati, kiyimi, uyi va (kitobda bayon qilindan) unga kerakli narsalarni hozirlamoq eriga farz bo’ladi!!! Eri, bularni hozirlamasa, – xoh qurbi bo’lsin, xoh bo’lmasin – ayoliga qarzdor bo’lib qoladi.

2536- modda:              Ayol, oldingi moddada aytilgan ishlarda eridan bo’ysunmasa, gunohkor hisoblanadi va ovqati, kiyimi, uyi va jinsiy aloqada bo’lish haqqiga ega bo’la olmaydi. Ammo mahriyasini to’lash lozimligi o’z o’rnida qolib qoladi.

2537- modda:              Erkak, Uy- ro’zghor ishlarida ayolini majburlay olmaydi (majburlash haqqiga ega emas)!!!

2538- modda:              Ayolning safar xarajati – uyrti xarajatidan ortiq bo’lsa – erkak bo’ynida emas. Ammo, eri turmush o’rtoghini safarga o’zi bilan birga bo’lishini istasa, ayolining safar xarajati eri bo’ynida.

2539- modda:              Turmush o’rtoghidan bo’ysunadigan ayol, undan xarajatini istaganida eri bermasa, erini majburlashi uchun fiqh mutaxassisi oldiga murojaa qilishi mumkin. Agar u majburlay olmasa, yaxshi mo’minlar oldiga murojaa qilsin. Bularning qo’lidan ham kelmasa, fosiq- yomon mo’minlar oldiga murojaa qilsin. Chunonchi erini majburlay olmasalar, ayol kundalik xarajatini erining boyligidan – eri ruxsat bermagan bo’lsa ham – olib biladi!!! Bu ham mumkin bo’lmasa, kundalik xarajatini ta’minlash mobaynida eridan bo’ysunishi farz emas.

2540- modda:              Bir necha ayolli erkak, bir ayoli oldida bir kechqurun tunasa, ikkinchi xotinining oldida ham to’rt kun orasida bir kun tunashi farz!!! Ammo birinchisini oldiga tunamasa, ikkinchisini oldida ham tunash farz bo’lmaydi. Albatta, ayollarini doimiy ravishda tashlab qo’yishi mumkin emas.
bir turmush o’rtoghi bor erkak, har to’rt oqshomdan bir kechqurun vaqtsiz ayoli oldida tunashi (avlo val ahvat...).

2541- modda:              Erkak to’rt (4) oydan ortiq, vaqtsiz turmush o’rtoghi bilan jinsiy aloqada bo’lmay qo’yishi mumkin emas. Ammo ayoli ruxsat bersa, joiz. zaruriymas safarda bo’lgan yo’lovchi uchun ham har to’rt (4) oyda bir marta vaqtsiz ayoli bilan jinsiy aloqa o’rnatishi vojib. (Ayoli aloqada bo’lmaslikka ruxsat bersa joiz)

2542- modda:              Vaqtsiz uylanishda ayol mahriyasining miqdori aniqlanmasa, uylanish to’ghri, buzilmaydi. Chunonchi erkak turmush o’rtoghi bilan jinsiy aloqada bo’lsa, uning mahriyasini o’zidek ayollar mahriyasi miqdorida to’lasin.

2543- modda:              Uylanish vaqtida, mahriya to’lash zamoni aniqlanmagan bo’lsa, ayol, jinsiy aloqaga ruxsat bermasligi mumkin. Xoh eri mahriya to’lashga qodir bo’lsin, xoh qurbi yetmasin. Ammo birinchi galda jinsiy aloqaga ruxsat bersa, aloqa barqaror bo’lganidan keyin so’nggi aloqalardan bosh tortib bilmaydi.

vaqtli uylanish hukmlari

2544- modda:              Vaqtli uylanish – lazzat uchun bo’lmasa ham – joiz, to’ghri.

2545- modda:              Erkak to’rt (4) oydan ortiq, vaqtli turmush o’rtoghi bilan jinsiy aloqada bo’lmay qo’yishi mumkin emas. Ammo ayolning o’zi ruxsat bersa, joiz.
zarur bo`lmagan safarda bo’lgan yo’lovchi uchun ham har to’rt (4) oyda bir marta vaqtli ayoli bilan jinsiy aloqa o’rnatishi vojib. (Ayoli aloqada bo’lmaslikka ruxsat bersa joiz)

2546- modda:              Vaqtli uylanishda, ayol “jinsiy aloqa bo’lmasligi” ni shart qilsa, uylanish to’ghri, buzilmaydi. [erkak boshqa lazzatlardan foydalanadi.] ammo uylangandan so’ng jinsiy aloqaga ruxsat bersa, eri aloqada bo’la oladi.

2547- modda:              Vaqtli ayol, homilador bo’lsa ham xarajati eri bo’ynida emas.

2548- modda:              Vaqtli uylangan ayol “birga tunash” haqqiga ega emas. Eridan ham meros olmaydi (unga eridan irs tegmaydi.)

2549- modda:              Vaqtli uylangan ayol, “birga tunash” va “irs ta’luqli bo’lish” haqlari bo’lmasligini bilmasa ham uylanish to’ghri, buzilmaydi. Bilmasligi uchun eriga hech qanday uzr ola olmaydi!

2550- modda:              Vaqtli turmush qurgan  ayol, erining ruxsatisiz uydan tashqariga chiqa oladi. Ammo chiqishi tufayli erining haqqi zoye bo’lsa, chiqishi harom!

2551- modda:              Ayol, o’zini aniq muddat va mablagh bilan turmush qurishlikka boshqani vakil qilsa, chunonchi erkak ayol bilan vaqtsiz uylanib qo’ysa yo aniqlangan vaqt va mablaghdan boshqa (ozroq yo ko’proq) vaqt va mablagh orqali u bilan uylansa, ayol sezganidan so’ng ruxsat bersa, uylanish buzilmaydi, ruxat bermasa buziladi.

2552- modda:              Ota va ota otasi (= buva) – mahram bo’lish uchun – ayolni, bir- ikki soatda baloghatga yetmagan o’ghillariga uylantira oladilar. Shuningdek, baloghatga yetmagan qizlarini  – mahram bo’lish uchun – bir- ikki soatda yigitga uylantira oladilar[7].

2553- modda:              Ota va ota otasi, [tirikligi bilinmaydigan boshqa yerdagi] ko’dakini – mahram bo’lishi uchun – boshqaga uylantirsa, mahramchilik hosil bo’ladi. Ammo, uylantirilgandan so’ng uylantirish vaqtida tirik emasligi ma`lum bo`lsa, uylanish buziladi. Bu uylanish orqali mahram bo’lgan kishilar, mahramlikdan chiqishadi (nomahram bo’lishadi).

2554- modda:              Erkak, vaqtsiz uylanish vaqtini ayolga baghshlasa[8], – u bilan jinsiy aloqada bo’lgan bo’lsa – mahriyasini kelishilgan miqdorda to’lashi lozim. Aloqada bo’lmagan bo’lsa, teng yarmini to’lashi lozim.

2555- modda:              Inson turmush o’rtoghi bilan yana bir karra uylana olmaydi. Shu sabab, vaqtli uylangan xotini bilan – vaqti yakunlanishidan oldin yo vaqtini baghshlashidan oldin – vaqtsiz yo vaqtli uylana olmaydi! Uylansa, ikkinchi uylanishi behuda. Demak, birinchi uylanish vaqti yakunlanishidan so’ng, ular bir- birlarida mahram emas, nomahram! Albatta qayta uylana oladilar!!!

Qarash- boqish hukmlari

2556- modda:              Erkakning ayol badan- jismiga qarashi, nazar solishi – xoh lazzat uchun bo’lsin, xoh lazzatsiz qarash bo’lsin – harom!!! Betiga va qo’llariga qarash, boqish lazzat uchun bo’lsa harom, lazzatsiz bo’lsa (lazzat uchun bo’lmasa) harom emas. Albatta qaramaslik mustahab.
shuningdek, ayolning nomaharam erkak badaniga qarashi, nazar solishi – xoh lazzat uchun bo’lsin, xoh lazzatsiz qarash bo’lsin – harom!!! Ammo erkakning betiga va qo’llariga lazzatsiz qarashi harom emas. (lazzatli qarashi harom!)
baloghatga yetmagan qizning badani, yuzi va qo’llariga qarash – lazzat maqsadi bilan bo’lmasa, shahvat qo’zghalishiga sabab bo’lmasa, erkak unga qarab haromga yo’liqib qo’lishidan qo’rqmasa – harom emas.

2557- modda:              Erkak, musulmon bo`lmagan ayolning odatda to’smaydigan joylariga qarashi – lazzat maqsadi bilan bo’lmasa,  erkak unga qarashi oqibatida haromga yo’liqib qo’lishidan qo’rqmasa – harom emas.

2558- modda:              Ayol, badan- jism va sochini nomahram erkakdan to’sishi farz! Baloghatga yetmagan o’ghil boladan – yaxshi yomonni farqiga yetib qolgan, shahvat nazari bilan qaraladigan darajada ulghaygan bo’lsa – to’sishi vojib.

2559- modda:              Birovning avratiga – hatto shisha ortidan, tiniq suv va shu kabilar orqali – qarash harom! yaxshi yomonni farqiga yetib bormaydigan ko’dakning avratiga qarash joiz. Er- xotin barcha joylariga qarab, nazar sola oladilar.

2560- modda:              (opa- uka dek) Bir- birlariga mahram erkak va ayol, avratlaridan bo’lak badanlarining barcha joylariga lazzatsiz qarab- nazar sola oladilar.

2561- modda:              Erkak, erkakning badaniga lazzat bilan qarashi harom. Ayol ham ayolning badaniga lazzat maqsadida qarashi harom.

2562- modda:              Ayol doktor bo’lsa, erkak doktor bemor ayolni ko’rib chiqishga haqqi yo’q. shuningdek, erkak doktor bo’lsa, ayol doktor bemor erkakni ko’rib chiqishga haqqi yo’q. chunonchi, ayol doktor bo’lmasa, yo u davolab bilmaydigan kasallik bo’lsa, erkak doktor ko’rib biladi. Bunday holatda, doktor ozroghiga kifoyat qilishi kerak.

2563- modda:              Erkak doktor, nomahram ayolni davolamoq mobaynida, qarash va paypaslashga majbur bo’lib qolsa, paypaslashi va qarashi mumkin. Ammo, qarab davolay olsa, paypaslamasin. Qo’l urib davolay olsa, qaramasin.

2564- modda:              Doktor, davolashi uchun, birovning avratiga boqishga majbur bo’lsa, oinadan unga qarasin. Ammo hech qanday yo’sinda davolab bilmasa, avratiga qarashi joiz!

Uylanishga oid moddalar

2565- modda:              Turmush o’rtoghi bo’lmasligi bois haromga yo’liqadigan kishi uylanishi farz!!! Bu farz, haromni oldini olish uchundir ya’ni haromga yo’liqishini bilsa, uylanishi farz.

2566- modda:              Uylanish vaqtida ayolning bokiraligi shart qilingan bo’lsa, uylanishdan so’ng bokiramasligi bilinsa, erkak uylanishni buzib biladi. Shuningdek, so’zda aytilmasa, ammo odatda bokiraligi shart qilinadigan bo’lsa, uylanishni buzib biladi.

2567- modda:              Erkak va ayolning bir yerda qolishlari – boshqa kishi u yerga kirib bilmasa, boshqa kishi ham u yerda bo’lmasa, fasod qilib qo’yish ehtimoldan yiroq bo’lmasa – joiz emas. Ammo boshqa kishi u yerga kirib bilsa yo yaxshi yomonni tushunadigan ko’dak u yerda bo’lsa yo fasod qilib qo’yish ehtimoli bo’lmasa, qolishlari harom emas.

2568- modda:              Erkak, uylanish vaqtida ayol mahriyasining miqdorini aniqlasa – ammo maqsadi bermaslik bo’lsa – uylanish buzilmaydi. Ammo u ayolining mahriyasini berishi farz!

2569- modda:              Alloh yo elchisini yo’qqa chiqargan musulmon “murtadd” hisoblanadi.
diniy yaqqol hukm: musulmonlar, “islomdagi ochiq- oydin hukm” deb tan olishgan hukm. namoz va ro’zaning farzligi kabi. Diniy yaqqol hukmga qarshi chiqqan kishi “murtadd” hisoblanadi.
Xorijiylar, nosibiylar va gholiylar (islom dinida vujudga kelgan 3 oqim) ham “murtadd” qatoriga kiradi.

2570- modda:              Ayol, turmush o’rtoghi u bilan jinsiy aloqa o’rnatishidan ilgari murtadd bo’lsa, ularning uylanishlari buziladi. Shuningdek, yoisa va baloghat yoshiga yetmagan qizaloq, jinsiy aloqa barqaror bo’lganidan so’ng murtadd bo’lsa, ularning uylanishi buziladi. Taloq berib ajralganda idda saqlaydigan ayol, ajralishdan ilgari murtadd bo’lsa idda muddati yakunlanishidan oldin tavba qilsa (qayta musulmon bo’lsa), ularning uylanishi buzilmaydi. Bu muddat ichida tavba qilmasa, buziladi. Tavba qilganidan so’ng birga yashamoqchi bo’lsa, qayta uylanishlari lozim! (Farze duvvum...)

2571- modda:              urughlanishi davrida Ota- onasi musulmon bo’lgan erkak murtadd bo’lsa, turmush o’rtoghi unga harom bo’ladi[9].
Ota- onasi urughlanishi vaqtida musulmon bo’lgan kishiga “tabiiy murtadd deyiladi.

2572- modda:              Musulmon bo`lmagan ota-onadan dunyoga kelgan erkak, musulmon bo’lganidan so’ng, ayoli bilan jinsiy aloqa o’rnatishidan oldin murtadd bo’lsa [yo ayoli yoisa bo’lsa], uylanishi buziladi. Aloqa o’rnatilgandan so’ng murtadd bo’lsa, – xotini hayz ko’radigan ayollar yoshida bo’lsa – ayoli taloq kitobida aytilgan miqdorda idda saqlashi lozim. Chunonchi, turmush o’rtoghi idda muddati yakunidan oldin musulmon bo’lsa, uylanish o’z o’rnida (buzilmaydi), musulmon bo’lmasa, buziladi. Musulmon bo’lgan taqdirda ham uylanish duosini qayta aytish yaxshiroq.
musulmonmas ota-onadan tughilib, musulmon bo’lganidan so’ng murtadd bo’lgan kishiga “milliy murtadd” deyiladi.
milliy murtadd, tavba qilsa (qayta musulmon bo’lsa) – ayoli bilan jinsiy aloqa barqaror qilishidan oldin murtadd bo’lsa – uylanish duosini qayta o’qishi lozim. Aloqa o’rnatilgandan so’ng murtadd bo’lgan bo’lsa uylanish duosini qayta o’qishi yaxshi.

2573- modda:              Ayol, uylanish vaqtida shaharidan tashqariga (boshqa shaharga) olib ketmasligini shart qilganida turmush o’rtoghi ham qabul qilgan bo’lsa, ayolini shaharidan tashqariga olib chiqmasligi lozim! Ammo ayoli rozi bo’lsa, chiqara oladi.

2574- modda:              Erkakning ayoli, oldingi eridan qizi bo’lgan bo’lsa, ikkinchi eri, o’z o’ghlini haligi qizga uylantira oladi[10]. Shuningdek, o’ghlining qaynonasi (= kelinining onasi) bilan uylana oladi!

2575- modda:              Ayol kishi, zino orqali homilador bo’lsa, bolasini tashlashi (abort) joiz emas.

2576- modda:              Erkak, iddada bo’lmagan ersiz ayol bilan zino qilganidan so’ng u bilan turmush qursa, tughilgan bolani halol yo harom aloqa natijasi ekanligini bilmasalar, bu bola halolzoda hisoblanadi.

2577- modda:              Erkak, ayolning iddada bo’lganini bilmasa yo iddada uylanish haromligini bilmasligi sababi u bilan uylansa, tughilgan bola, “shubhali bola” deyiladi. Bu bola, halolzoda hukmiga ega. Shuningdek, ayol ham bilmasa, bu bola u uchun ham “shubhali bola” hisoblanadi. Ammo ayol, iddada ekanligini yo iddada uylanish haromligini bilsa, tughilgan bola ayol uchun “zino bolasi” hisoblanadi. Bu bola ayoldan meros olmaydi (ayoldan unga irs tegmaydi).

2578- modda:            Ayolning “yoisaman” deb aytgan gapi qabul qilinmaydi. Ammo uning “ersizman” degani – tuhmatlanmagan bo’lsa – qabul qilinadi. Tuhmatlangan bo’lsa, – oldin erli bo’lgan bo’lsa – sinchkovlik qilish vojib.

2579- modda:              Ayol bilan uylanganidan so’ng, bir kishi “bu ayol, erli ayol edi” deb shahodat bersa, ammo ayolning o’zi “ersiz edim” desa, – chunonchi, shar’iy yo’l bilan erli bo’lganini isbotlab bo’lmasa – ayolning aytgani qabul qilinadi. Biroq haligi kishi, ishonarli odamlardan bo’lsa, erkak ayolidan taloq bilan ajralishi vojib.

2580- modda:              Ko’dak o’ghil bo’lsa, ikki (2) yoshgacha, qiz bo’lsa yetti (7) yoshgacha saqlash, parvarish qilish ayolning haqqi[11]! Ota o’lgan bo’lsa, ayoli qayta turmush qurgan bo’lsada, boshqalar (ota otasi, amakishi, ammasi, … ) dan muqaddamdir!!!

2581- modda:              Baloghatga yetgan qizni tezroq turmushga chiqarish yaxshiroq. Oltinci (6-) yo’lboshchi Ja’far(a:s): “ qizi uyida hayz ko’rmasligi (hayz ko’rish yoshiga yetmay turmushga berish) inson saodatlaridan biri” deb buyurgan.

2582- modda:              Ayol, turmush o’rtoghi bilan “mahriya avaziga uylanmaslikka” kelishsa (ya’ni eri ham qabul qilsa), ayol mahriya olmasligi va eri ham boshqa ayol bilan uylanmasligi farz.

2583- modda:              Zinodan tughilgan bolaning bolasi halolzoda.

2584- modda:              Erkak, ayoli bilan ramazon oyida yo hayz holida jinsiy aloqada bo`lsa,gunoh qigandir, agar ulardan bola dunyoga kelsa halolzoda[12].

2585- modda:              Ayol, erining safarda vafot qilganiga ishonib “vafot iddasi”ni saqlaganidan so’ng qayta turmush qursa, bir muddatdan so’ng birinchi eri safardan qaytsa, ikkinchi eridan ajralishi lozim. Birinchi eriga halol! Ammo ikkinchi eri u bilan jinsiy aloqada bo’lgan bo’lsa, ayol “shubhali aloqa iddasi” ni saqlashi lozim. Ikkinchi eri, mahriyasini to’la to’lashi lozim (ammo iddada bo’lganida xarajatini to’lashi lozim emas). Ikkinchi eri u bilan hech vaqt uylanmasligi vojib! ayol “shubhali aloqa iddasi” ni saqlash mobaynida birinchi eri u bilan jinsiy aloqada bo’la olmaydi.

2586- modda:              Eri safarga otlanishi yo urushga jo’nab qo’lgani tufayli nom- nishonsiz yo’qolib qolsa, ayol uni o’lganiga ishonch hosil qilsa, “vafot iddasi”ni saqlaganidan so’ng qayta turmush qura oladi. Ammo eri tirikligiga ishonsa,qayta turmush qura olmaydi.. Bu holatda, uning kundalik xarajati, erining boyligidan yo sadaqalardan yo ehtiyoji bo’lsa “baytul Mol” dan ta’minlanadi. Ammo shunga qaramay uning vaziyati chidab bo’lmas darajada qiyin bo’lsa, qozi oldiga borib o’z taloghini olib eridan ajralishi mumkin.

2587- modda:              (Oldingi moddada qilingan farazda) chunonchi ayol erining tirikligi- o’likligini bilmasa, – erining boyligi bo’lsa yo otasi, otasinig otasi o’z boyliklaridan uning xarajatini shaniga mos qilib to’lasalar – ayol turmush qurmasligi lozim  lozim. Ammo uning xarajatini to’lamasalar, fiqh mutaxassisi oldiga borib biladi[13].

2588- modda:              2587- moddada aytilgan sinchkovli- qidiruv boshi, qozi oldigan murojaa qilish hisoblanadi[14].

2589- modda:              (Oldingi farazga muvofiq) qidiruv orqali hech asar undan topilmasligiga ishonch hosil qilsalar, qidiruv bo’yinlaridan soqit bo’ladi. Ammo to’rt (4) yil sabr qilishi lozim. Shundan so’ng qozi taloghini Bera oladi.

2590- modda:              Oldingi moddalarda “ayol sabr qilishi kerak”deb ta’kidlangan.. Bordi-uy, chidash ayolga juda qiyin bo’lib qolsa, o’sha zahoti qozi taloghini bera oladi.


[1] Ammo ularga, bu uylanishning foydasi bo’lmaganidek zarari ham bo’lmasa, o’qilgan uylanish duosi buziladi. Ehtiyot tark etilmasin.

[2] Ya’ni: Hayz yo’li, siydik yo’li bilan birlashgan bo’lishi yo hayz yo’li ghoit- tezak Yo’li bilan birlashgan bo’lishi. Ammo hayz yo’li ghoit- tezak Yo’li bilan birlashgan bo’lsa, uylanishni buzib bo’lmaydi. Ehtiyot tark etilmasin.

[3] garchi uylanmasligi mustahab.

[4] bu uylanish, iddadan boshqa sabab tufayli botil bo’lgan bo’lsa, doimiy harom bo’lmaydi. (chunki bu vaqtda, zino hukmida bo’ladi)

[5] shuningdek, u bilan uylansa, ammo jinsiy aloqada bo’lishdan oldin, o’ghil bola bilan jinsiy aloqa barqaror qilib qo’ysa, ayoli u uchun harom bo’ladi. (bu to’ghrisida boshqalar fatvosiga amal qila oladi)

[6] biroq, taloq kitobida aytilgan yo’sinda boshqa erkak bilan uylangandan so’ng birinchi eriga u bilan uylanish mumkin bo’ladi.

[7] Ammo bu uylanish, qiz uchun foydali bo’lishi lozim. Mas: mahriya qizga foydali narsa bo’lishi lozim.

[8] Masalan: 20 kunga kelishib uylanadilar. Ammo erkak turli sabablar tufayli, 3 kundan so’ng ayoliga “bundan ortiq qola olmayman. Mana shu 3 kun yetarli” deb, qolgan 17 kundan voz kechishiga, vaqtini baghshlash deyiladi.

[9] Shu bois taloq kitobida aytiladigan miqdorda vafot iddasini saqlasin.

[10] Albatta, bu o’ghilning onasi boshqa ayol bo’lsa.

[11] Albatta, ayolning ozod bo’lishi (= cho’ri bo’lmasligi), devona bo’lmasligi va musulmonligi shart. Shartlardan biri bo’lmasa, ota haqli!

[12] Garchi, bu ikki holda ayol bilan jinsiy aloqada bo’lish haromlangan.

[13] Bu holda u ayolga to’rt (4) yil chidashga farmon beradi. Bu vaqt orasida, erini turli yo’llar bilan qidirishadi. Topa olsalar, ayoli uylanmay kutadi. Topa olmasalar, haligi mutaxassis, otasi yo otasining otasiga uni taloq berishini talab qiladi. Bo’lmasa o’zi ayolning taloghini beradi. Ayol, taloqdan so’ng “vafot iddasi” ni saqlaydi. [ya’ni to’rt (4) oyu o’n (10) kun idda saqlaydi.] iddadan so’ng qayta uylanishi mumkin bo’ladi. Ammo idda mobaynida eri topilib kelsa, ayoliga qayta oladi.

[14] Qoziga murojaa qilishdan ilgari o’zlari ayitilgan miqdorda qidirgan bo’lsalar, qoziga murojaa qilganalaridan so’ng ham topilmasligiga ishonch hosil bo’lguncha qidirilsa, qozi, ular qidira boshlagan kundan to’rt (4) yil o’tishidan so’ng ayolni taloq bera oladi.