Ajralish hukmlari

2626- modda: Ayolini taloq beradigan erkak aqlli bo’lishi (devona bo’lmasligi) lozim, baloghatga yetgan bo’lishi vojib. O’z extiyori bilan taloq berishi kerak [1]. Taloq berish – maqsadi bo’lishi lozim [2].

2627- modda: Taloq to’ghri-sahih bo’lish shartlari qo’yidagilar:

a.   ayol, taloq vaqtida hayz va nifos qonidan pok bo’lishi lozim

b.   oxirgi hayzdan poklanishidan taloqgacha eri bilan jinsiy aloqada bo’lmaganligi kerak.

c. taloq, ikki (2) adolatli erkak huzurida bo’lmoghi lozim.

2628- modda: Ayol, yolghon gapirsa yo xato qilib qo’ygani bois hayz holida taloq olsa, taloghi buziladi. Hatto keyinchalik, taloq vaqtida hayzli bo’lganini payqab qolsa, taloghi buziladi. Hayzligini gumonsirab hayz emasman degani uchun taloq sodir bo’lsa, taloq berilganda so’ng  hayzli emasligini bilsa, taloq to’ghri, buzilmaydi.

a.   Ayolni hayz holida taloq berish qo’yidagi uch o’rinda to’ghri:

b.   Eri, uylangandan so’ng u bilan jinsiy aloqada bo’lmagan bo’lsa.

c. Homila bo’lsa. Homilaligi bilinmaganligi bois eri hayz holida taloghini bersa, so’ng homilaligi bilinsa, taloq to’ghri, buzilmaydi.

2629- modda: eri, ayolining oldida bo’lmagani bois uning pokligini bila olmasa.

2630- modda: Ayolning pokligini bilib uni taloq berganidan so’ng taloq vaqtida hayz holida bo’lganini bilsa, taloghi buziladi. Ayolning hayzligini bilib uni taloq berganidan so’ng taloq vaqtida pok bo’lganini bilsa, taloghi to’ghri, buzilmaydi.

2631- modda: Ayoli hayz yo nifos holida bo’lganini bilgan erkak safarga otlansa va turmush o’rtoghini safarda taloq bermoqchi bo’lsa-yu uning holidan bexabar bo’lsa (hayzlik- pokligini bilmasa), ayollar odatda hayz va nifos qonidan poklanish muddaticha kutsin  so’ng taloghini bersin.

2632- modda: Ayoli oldida bo’lmagan erkak ayolini taloq bermoqchi bo’lsa, – chunonchi, uning holidan xabardor bo’lish imkoni bo’lsa, (hatto uning hayzi odatidan yo hayz belgilaridan bo’lsa ham) – xabardor bo’lishga harakat qilsin. Xabardor bo’lmasa, ayollar odatda poklanadigan muddatgacha kutsin. Albatta, bir oygacha kutish mustahab.

2633- modda: Hayz va nifosdan pok ayoli bilan jinsiy aloqada bo’lganidan so’ng uni taloq bermoqchi bo’lsa, kelgusi hayzidan poklanuvigacha kutsin. Shuningdek, hayz va nifos holida u bilan jinsiy aloqada bo`lsa va hayz, nifosdan poklangandan so`ng u bilan jinsiy aloqada bo`lmagan bo`lsa ham uni taloq bera olmaydi! Ammo, to’qqiz (9) yoshi to’lmagan qiz yo homilador ayolni jinsiy aloqadan so’ng ham taloq berishsa, taloq to’ghri, buzilmaydi. Shuningdek, yoisa [3] ayolni jinsiy aloqadan so’ng ham taloq berishsa, taloq to’ghri, buzilmaydi.

2634- modda: Hayz va nifos qonidan pok ayol bilan jinsiy aloqada bo’lganidan so’ng uni taloq bersa, taloghidan so’ng taloq vaqtida homiladorligi bilinsa, taloghi to’ghri, buzilmaydi.

2635- modda: Hayz va nifos qonidan pok ayol bilan jinsiy aloqada bo’lganidan so’ng safarga otlanib, safarda uni taloq bermoqchi bo’lsa, – chunonchi, holidan xabardor bo’la olmasa, – odatda ayoli o’sha poklikdan so’ng qon ko’rish va yana qayta poklanish muddatigacha kutsin. Bir oydan ortiqroq kutish mustahab.

2636- modda: Turli sabablar tufayli hayz ko’rmaydigan Ayolini taloq bermoqchi bo’lsa, oxirgi jinsiy aloqasidan uch (3) oygacha u bilan jinsiy aloqada bo’lmasin, so’ng taloqini bersin.

2637- modda: Taloq duosi arab tilida o’qilishi kerak. “Toliq” so’zi o’qilganda uni ikki (2) adolatli erkak eshitishi lozim. Erkakning o’zi turmush o’rtoghini taloq bermoqchi bo’lsa, (faraz eting ayolining ismi Fotima bo’lsa) bunday desin:
 zavjatiy fotimata toliq ya`ni ”turmush o’rtoghim Fotima toliq (= ozod)dir.”
chunonchi erining vakili taloq duosini o’qimoqchi bo’lsa, bunday deydi:
  zavjatiu muvakkiliy fotimatu toli`q ”meni o’z vakili qilganning xotini Fotima toliq (= ozod) dir.”

2638- modda: Vaqtli uylangan ayolni taloq berib bo’lmaydi. Bunday ayolning taloghi, kelishilgan vaqtning yakunlanishi yo erkak, uning vaqtini baghshlashidir [4]. boshqa kishining shohid bo’lishi va ayolning hayzdan pok bo’lishi, vaqtli uylanish duosida lozim emasdir.

Taloq iddasi

2639- modda: To’qqiz (9) yoshni to’ldirmagan qiz va yoisa ayol idda saqlamaydi. Ya’ni eri jinsiy aloqada bo’lib taloghini bersa, tezda boshqasi bilan uylana oladi.

2640- modda: To’qqiz (9) yoshi to’lgan va yoisa bo’lmagan ayol bilan eri jinsiy aloqada bo’lib uni taloq bersa, taloghidan so’ng idda saqlasin [5]! Ammo jinsiy aloqada bo’lmagan bo’lsa, idda saqlamaydi. Ya’ni, taloqdan so’ng tezda qayta turmush qurishi mumkin.

2641- modda: Hayz ko’rmaydigan ayol, hayz ko’radigan ayollar yoshida bo’lsa, eri bilan jinsiy aloqada bo’lganidan so’ng taloq berilsa, taloqdan keyin uch (3) oygacha idda saqlasin.

2642- modda: Iddasi uch (3) oy bo’lgan ayol, oyning boshida taloq berilsa, uch “hilol oy” idda saqlasin [6]. Oy o’rtasida taloq berilsa, oyning qolgan kunlari va kelgusi ikki (2) oy idda saqlasin. Birinchi oyning qoldighini, to’rtinchi (4-) oyning kunlaridan [uch (3) oy to’liq bo’lgunicha] idda saqlasin [7].

2643- modda: Taloq berilgan Homila ayol, bolasi dunyoga kelguncha (yo tashlaguncha) idda saqlasin. Demak, bir soat taloqdan so’ng bola dunyoga kelsa, iddasi yakunlanadi.

2644- modda: To’qqiz (9) yoshi to’lgan va yoisa bo’lmagan ayol vaqtli (masalan: bir oy yo bir yil) uylanganidan so’ng turmush o’rtoghi u bilan jinsiy aloqada bo’lgan bo’lsa va belgilangan vaqt yakunlansa (yo eri, vaqtini unga baghshlasa) – hayz ko’radigan ayollardan bo’lsa – ikki (2) to’liq hayz ko’rguncha idda saqlab uylanmasligi vojib. Ammo hayz ko’rmaydigan ayollardan bo’lsa, qirq bech (45) kun qayta turmush qurmasin. Homila bo’lgan bo’lsa, bola tughishi yo tashlashi bilan iddasi yakunlanadi [8].

2645- modda: taloq duosining o’qilishi yakunlangan vaqtdan, Taloq iddasi boshlanadi [ayol, xoh taloq berilganini bilsin, xoh bilmasin. Shu bois, taloq iddasi yakunlanganidan so’ng taloq berilganini bilsa, qayta idda saqlashi kerak emas].

Eri vafot etgan ayolning iddasi

2646- modda: eri o’lgan ayol – garchi yoisa yo baloghatga yetmagan qiz yoki vaqtli xotin bo’lsin yoki  eri bilan jinsiy aloqada bo’lmagan, homilador bo’lmasa, to’rt (4) oy va o’n (10) kun idda saqlab qayta turmush qurmasin. Ammo homilador bo’lsa, tughishigacha idda saqlasin. Lekin, to’rt oy va o’n kun o’tishidan oldin bolasi dunyoga kelsa, eri vafot etgan kundan to’rt (4) oy va o’n (10) kun idda saqlasin.
bu iddaga “vafot iddasi” deyiladi.

2647- modda: Vafot iddasida bo’lgan ayolga chiroyli kiyimlar kiyish, surma qo’yish va ziynat hisoblangan barcha ishlar haromdir.

2648- modda: Ayolning Vafot iddasi – eri oldida bo’lmasa yo oldida bo’lmagan hukmida bo’lsa – uning o’limidan xabardor bo’lgan vaqtdan boshlanadi. “Iddam yakunlandi” deb aytgan ayolning gapi ikki shart asosida qabul qilinadi:

a.   ayol, tuhmatlangan bo’lmasligi vojib.

b.   Eri o’limidan idda yakunlanishi mumkin bo’lgan kun- muddat o’tgan bo’lishi lozim.

Ajralish va Qaytish taloqlari

2649- modda: Taloq – turmush o’rtoghi yana qaytib bilishi-bilmasligi jihatidan – ikki qismga bo’linadi:

a.   Qaytish taloghi: bunday taloqda erkak, idda yakunlanishidan oldin taloghini buzib o’z ayoli bilan yana birga yashab ketish imkoniyati bor.

b.   Ajralish taloghi: bunday taloqda erkakda yana qaytish imkoniyati yo’q.
olti (6) o’rinda, berilgan taloq, ajralish taloghi hisoblanadi:

1. to’qqiz (9) yoshi tugallanmagan qizning taloghi.

2. yoisa [9] ayolning taloghi.

3. eri, uylanishdan so’ng u bilan jinsiy aloqada bo’lmagan ayol.

bu uch o’rinda ayolning iddasi yoq. Shu bois eri qaytib bilmaydi.

4. uch marta taloghi berilgan ayolning uchinchi (3-) taloghi.

5. bo’shatish taloghi

6. yiroqlash taloghi

bu uch o’rinda ayolning iddasi bo’lsa-da, eri qaytib bilmaydi. Bularnig hukmlari kelgusida bayon qilinadi.

2650- modda: Ayolini qaytish taloghi bilan taloq bergan erkak, uni taloq berilgan uydan tashqariga chiqarishi harom [10]. Shuningdek ayol, ruxsatsiz uydan chiqishi harom.

Qaytish hukmlari

2651- modda: Erkak Qaytish taloghida, ikki turda ayoliga qaytib biladi:

a.   U bilan birga yashash ma’nosini bildiradigan gapni aytishi.

b.   Boshqalar “faloncha qaytibdi” degan tushunchani anglatadigan ishni bajarishi. Shu sababdan, ayoni, turmush o’rtoghi qilib olganini anglatadigan har bir so’z, gap va ish bilan, qaytish muhaqqaq bo’ladi. Jinsiy aloqa barqaror qilish bilan – hatto maqsadi qaytish bo’lmasa-da – qaytish muhaqqaq bo’ladi.

2652- modda: Qaytish uchun shohid olishga hech hojat yoq [11]! Ayoliga xabar berishga ham hojat yo’q. hech kimga aytmay o’z oldiga “ayolimga qaytdim” desa kifoya qiladi. Ammo, idda yakunidan so’ng “ayolimga iddasida qaytgan edim” desa, isbotlashi kerak.

2653- modda: Ayolini qaytish taloghi bilan taloqlagan erkak bilan ayoli “qaytishga haqqing yo’q” deb kelishsa, bu kelishuv buziladi. erkak Kelishuvdan oid bo’lgan boylikka ega bo’la olmaydi!

2654- modda: Ayolini ikki (2) marta qaytish taloghi bilan taloqlasa yo ikki marta taloqlasa va har bir taloq va iddasi o’tganidan so’ng u bilan qayta uylansa yo bir marta qaytish taloghi bilan va ikkinchi marta taloqlab iddasi o’tganidan so’ng u bilan qayta uylansa, uchinchi (3-) taloghidan so’ng bu ayol eri uchun harom bo’ladi. Ammo bu ayol, boshqa erkak bilan uylansa, birinchi eri qo’yidagi to’rt shart asosida u bilan turmush qura oladi:

1. ikkinchi erinig uylanishi vaqtsiz bo’lishi lozim. Ya’ni: ikkinchi eri bilan bir oy yo bir yil uylansa, birinchi eriga halol bo’lmaydi.

2. ikkinchi eri taloghini berishi yo vafot etishi lozim.

3. ikkinchi eridan olgan taloghining iddasi tugashi lozim. (vafot etgan bo’lsa, vafot iddasi yakunlanishi kerak)

4. ikkinchi eri baloghatga yetgan bo’lib ayol oldidan jinsiy aloqa o’rnatgani natijasida maniy oqishi vojib.

Bo’shatish taloghi

2655- modda: bo’shatish taloghi: ayol, turli sabablar tufayli eri bilan yashashni istamasa, eri ham taloghini berishni istamasa ammo ayoli, uni rozi qilish niyyatida ozmuncha boylik tortiq qilgani bois eri taloqqa rozi bo’lsa, bunday talqqa “bo’shatish taloghi” deyiladi. Ayolning eriga beradigan narsasiga “tortiq” deyiladi. Bunday uylanishda Tortiq, mahriyadan ozroq, ko’proq yo teng bo’lishi mumkin. Ammo tortiq, har ikkala tomon kelishuvi asosida bo’lishi lozim.

2656- modda: Bo’shtish taloghida, erkak va uning turmush o’rtoghi, o’zlari taloq duosini o’qimoqchi bo’lsalar, ayol birinchi bo’lib bunday deydi:
bazzaltu laka kazo alo an tatalaqqaniy ya`ni ” meni taloq berishing uchun bu miqdorni senga tortiq etgim
eri ham bunday deydi:
  anta maxtaliatun alo kazo fanta toliqun ya`ni ” seni, bergan bu miqdor tortighing tufayli taloqladim
boshatish taloghida qaytish taloghida aytilgan barcha shartlar rioya qilinishi lozim!

2657- modda: Ayol, boshqa bir kishini, mahriyasini tortiq qilib boshatish talolghini berish uchun vakil qilganida eri ham shu kishini taloq berish uchun vakil qilsa – ayolning ismi Fotima, erining ismi Ahmad bo’lsa – haligi vakil bunday deb taloq duosini o’qiydi:
an muvakkilatiy fotimata bazaltu mahraho limuvakkiliy muhammadin liyaxla`ho alayhi ya`ni ” meni o’z vakili qilgan Fotimaning mahriyasini, meni o’z vakili qilgan Ahmadga uni taloq berishi uchun tortiq qildim.
so’ng tezda eri tomonidan bunday deydi:
zavjatu muvakkilatiy xola`tuho alo mo bazalat hiya toliqun ya`ni ” meni o’z vakili qilgan Ahmadning xotinini tortiq etgani uchun taloq berdim.
 mahriya o’rniga boshqa narsani tortiq qilishi natijasida boshatsa, o’sha narsani taloq duosida aytishi lozim [12].

yiroqlash taloghi

2658- modda: Er- xotin, bir- birlarini istamaganlari uchun, ayol o’z mahriyasini yo boshqa narsani eriga berishi tufayli, eri uni taloqlasa, bunday taloqqa “yiroqlash taloghi” deyiladi.

2659- modda: Yiroqlash taloghining duosida, bo’shatish taloghidek, ayol taloghini olish uhcun birinchi bo’lib eriga mahriyasini tortiq qilishi lozim. Hatto o’zbekcha “meni taloqlashing uchun o’z mahriyamni senga tortiq qildim” deyishi mumkin. Eri yiroqlash taloghining duosini o’qimoqchi bo’lsa, – ayolining ismi Fotima bo’lsa – bunday deyishi kerak:
bora`tu zavjatiy fotimata alo mahriho fahiya toliq ya`ni ” mahriyasini tortiq qilgani uchun, turmush o’rtoghim Fotimani yiroqlashtirib taloghini berdim.
boshqa kishini vakil qilsa, vakil bunday deyishi lozim:
bora`tu zavjata muvakkiliy forimata alo mahriho fahiya toliq ya`ni ” mahriyasini tortiq qilgani uchun, meni o’z vakili qilganning turmush o’rtoghi- Fotimani yiroqlashtirib taloghini berdim.

2660- modda: Bo’shatish va yiroqlash taloqlarinig duosi to’ghri arab tilida o’qilishi kerak. Ammo ayoli, mahriyasi yo boshqa narsani tortiq qilishi uchun tortiq qilishni o’zbek yo boshqa tilda aytishi mumkin.

2661- modda: Ayol, bo’shatish yo yiroqlash taloghining iddasida tortiq qilgan narsasini bermay qo’ysa, eri uylanishsiz ayoliga qaytib biladi.

2662- modda: Erkak, Yiroqlash taloghi uchun oladigan tortighi, ayolining mahriyasidan ortiqroq bo’lmasligi kerak. Undan ozroq bo’lishi vojib. Bo’shatish taloghida undan ko’proq olish mumkin.

Taloqqa oid moddalar

2663- modda: Begona- nomahram ayol bilan “o’z ayolim degan gumoni” tufayli jinsiy aloqada bo’lib qolsa, – xoh ayol, eri bo’lmagagini bilsa, xoh eri ekaniga gumoni bo’lsa – ayol idda saqlashi lozim!

2664- modda: Ayoli emasligini bila turib u bilan jinsiy aloqada bo`lsa bo’lib qolsa (= zino qilsa), – chunonchi, ayol, uni eri emasligini bilmasa – idda saqlashi vojib.

2665- modda: Erkak, erli ayolni eridan ajralib uning xotini bo’lishini istagani tufayli ayol ham birinchi eridan ajralib, haligi erkak bilan turmush qursa, uylanishlari to’ghri, buzilmaydi. Ammo har ikkalasi katta gunohga yo’liqqan hisoblanadi.

2666- modda: Uylanish vaqtida ayol, eri bilan “ eri safarga otlansa yo olti (6) oy uning xarajatini bermasa, taloq berish extiyori ayoning qo’lida bo’lsin” deb kelishsa, bu kelishuv buziladi, to’ghri emas. Ammo, “ eri safarga otlansa yo olti (6) oy uning xarajatini bermasa, taloq berishda erining vakili bo’lsin” deb kelishsa, bu kelishuv to’ghri. Shu bois, eri safarga jo’nasa yo olti oy turmush o’rtoghining xarajatini bermay qo’ysa, ayol o’zini taloq bera oladi!!!

2667- modda: Aqlsiz (= Devona) ning otasi yo ota otasi (buvasi), uning turmush o’rtoghini taloq berishlari maslahat bo’lsa, – va go’dakligidan beri  devonaligi davom etib kelgan bo’lsa – taloq bera oladilar. Devonaligi go’dakligidan beri  devonaligi davom etib kelmagan bo’lsa (ya’ni balogahtga yetganidan so’ng aqlini qo’ldan bergan bo’lsa), ayolining taloghi, fiqh mutaxassisi qo’lida. Albatta, u ham devonaning otasi yo buvasidan ruxsat olishi vojib.

2668- modda: Ota yo otasning otasi, o’z bolasini vaqtli uylantirib qo’ysa, – bolaning baloghat yoshidan bir parchasi uylanish zamonida bo’lsa [13] va bolaning foydasiga bo’lsa – uylanish vaqtini baghshlab biladi. Ammo uning vaqtsiz ayolini taloqlab bilmaydi.

2669- modda: Erkak, fiqhda aytilgan belgilar tufayli, ikki kishini adolatli deb, ular huzurida turmush o’rtoghini taloqlasa, ularni adolatli deb bilmagan kishi, bu ayolni o’zi yo boshqa kishi uchun uylantirmasligi vojib. Ammo ularning adolatli bo’lishlariga shak- shubhada bo’lsa, haligi ayolni o’zi yo boshqa kishiga uylantira oladi.


[1] Ayolini taloq berib undan ajralishga majburlasalar, taloq buziladi.

[2] Ya’ni hazillashib taloq duosini aytib qo’ysa, taloq bo’lmaydi.

[3] Yoisa ya’ni yoshi ellik (50) ni qoralagan, to’ldirgan ayol. [payghambar naslidan bo’lsa oltmish (60) ni to’ldirgan ayol.] yil, qamariy yili bilan hisoblanadi.

[4] baghshlash ay’ni: sening vaqtingni o’zingga topshirdim deyish.

[5] Idda saqlash ya’ni: pokligida taloq berilgandan so’ng oz bo’lsa ham hayzdan keyin pok qolsa, ikkinchi marta hayz ko’rib poklanguncha kutsin. Uchinchi hayz ko’rishi bilan iddasi yakunlanadi.

[6] Ya’ni: oy ko’ringan kundan uch (3) oy idda saqlasin.

[7] Masalan: mart oyining 20- kuni, kunbotar vaqtida, taloq berilsa, qolgan 10 kunni idda saqlasin. Shuningdek, Aprel va May oylarini ham idda saqlasin. Iyun oyidan 20 kunni ham idda saqlasin.

[8] Bu holda, tughish, ikki to’la hayz ko’rish va qirq besh (45) kun idda saqlashdan har qaysisi ko’proq bo’lsa o’sha miqdorda idda saqlashi mustahab.

[9] Yoisa ya’ni yoshi ellik (50) ni to’ldirgan ayol. [payghambar naslidan bo’lsa oltmish (60) ni to’ldirgan ayol.] yil, qamariy yili bilan hisoblanadi.

[10] Albatta, chiqarish ba’zi o’rinlarda marom emas. Bu o’rinlarni kitoblardan o’qib olish mumkin. (bu o’rinlardan: janjal, ayolning begona erkaklar bilan bordi- keldi qilishi, …)

[11] Albatta, qaytish uchun shohid olish sunnat.

[12] Masalan: er- xotin 1.000.000so’mmaga kelishsalar, ayolning vakili bunday deydi: “meni o’z vakili qilgan Fotimaning 1.000.000s ini, meni o’z vakili qilgan Ahmadga uni taloq berishi uchun tortiq qildim.

[13] Masalan: o’n (10) yoshar bolasi uchun  sakkiz (8) yilga bir ayolni vaqtli uylantirib qo’ysa. [bu bola 15 yoshda baloghatga yetsa, haligi uylanishdan 3 yili uylanish zamonidadir.]